Xolid ibn Valid masjidi (Toshkent)

(Yangiobod masjididan yoʻnaltirildi)

41°26′9″N 69°35′53″E / 41.43583°N 69.59806°E / 41.43583; 69.59806

Masjid
Xolid ibn Valid masjidi
Xolid ibn Valid masjidi, 2009-yil.
Mamlakat  Oʻzbekiston
Hudud Toshkent
Daha Yangiobod
Tuman Yashnobod
Manzil Chilon ota koʻchasi[1] 17-uy[2]
Yoʻnalishi sunniy
Mulkdor Oʻzbekiston Musulmonlar idorasi
Masjid turi Jomeʼ-Masjid
Meʼmoriy uslub Islom meʼmorchiligi
Binokorlik tashabbuschilari mahalliy aholi
Homiylar Qatar elchisi (2004-yilgi qurilish)
Binokorlik 1966-yil
1978-yil—1979-yil
2004-yil
2022-yil—2023-yil
Soʻngi imom Ismoiljonov Isroiljon Ismoiljon oʻgʻli[3][2]
Maqomi Ishlaydi
Gumbazlar soni 4
Gumbazlar soni 4
Qurilish materiali Gʻisht, marmar, yogʻoch, temir
Holati Faoliyat yuritmoqda
Tarovih
Saharlik va iftorlik
Map
Xolid ibn Valid masjidining xaritada koʻrinishi


Xolid ibn Valid masjidi — Toshkent shahri Yashnobod tumani Yangiobod dahasida joylashgan jomeʼ masjidi. Masjid ushbu hududdagi yirik masjid hisoblanadi[3]. 1998-yil 14-avgust sanasida Toshkent shahar adliya boʻlimi tomonidan diniy tashkilot sifatida roʻyxatdan oʻtkazilgan[2].

Tarixi

tahrir

1966-yilda Toshkentda roʻy bergan zilzila oqibatida hozirgi Yashnobod tumanidagi 21-portsyezd sovxoz yeridan yer ajratilgan boʻlib, aholi koʻchib kelgandan keyin Chilonota qabristonida kichik mahalla masjidi qurilgan. Mazkur masjid 2004-yilga qadar „Yangiobod“ masjidi deb yuritilgan. 2004-yildan boshlab Oʻzbekiston musulmonlari idorasi tavsiyayasiga binoan masjidga islom tarixidagi koʻzga koʻringan sahobiy va lashkarboshi „Sayfulloh“ („Allohning qilichi“) laqabli sahoba Xolid ibn Valid nomi berilgan[4].

1978-yilda Toshkentning Labzak, Minor va Qashqar mahallari hududiga davlat muassasalari va koʻp qavatli uylar qurilishi natijasida mahalliy aholi bilan birga hududdagi mavjud masjid hom-ashyolari ham koʻchirib keltirilib, „Yangiobod“ masjidini kengaytirib qayta qurish ishlari boshlangan. 1979-yilda mahalla ahlining saʼy-harakatlari bilan masjid qurib bitkaziladi[4].

Qayta qurish

tahrir

2004-yil

tahrir

2004-yilga kelib masjid taʼmirtalab boʻlib qolgan edi. Yangiobod maxalla fuqarolarinin5g iltimosiga binoan qaytadan taʼmirlandi. Masjid qurilishi asosan mahalliy aholi sarmoyasi va oʻsha vaqtdagi Quvayt davlatining Oʻzbekistondagi favqulodda va muxtor elchisi Ahmad Al Kandariyning shaxsiy mablagʻlari evaziga amalga oshirildi. Masjidda zamonaviy bezak ishlari amalga oshirilib koʻrkam holatga keltirildi[4].

2022-yil

tahrir

2022-yilda masjidni kengaytirish maqsadida qurilish ishlari boshlandi. Masjidning asosiy binosining janubiy qismidagi boʻsh yer hamda janubiy qismidagi ayvon qayta qurilib, 3 qavatli bino barpo etildi va bu bino asosiy honaqoh binosi bilan tutashtirildi.

Ramazonda

tahrir
 
Shayx Muhammad Sodiq Muhammad Yuzuf. Xolid ibn Valid masjid (Yangiobod masjidi) 2014-yil.

2014-yil 29-iyul hijriy sana boʻyicha 1434-yil Ramazon oyining 20-kuni ushbu masjidga Shayx Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf tashrif buyurib, u kishi ishtirokida masjid ahliga ramazon maʼruzasini tashkil qilingan[5]. Shuningdek, 2014-yil 16-iyul hijriy sana boʻyicha 1435-yil Ramazon oyining 19-kuni yana bir bor Shayx Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf tashrif buyurib, masjid ahliga ramazon maʼruzasini tashkil qilingan[6].

Imomlar

tahrir

Masjidda 1994-yildan 1999-yilgacha Anvar qori Tursunov masjid bosh imom xatibi boʻlib ishlagan[7][8][9][10]. 2000-yildan 2012-yil 19-yanvarga qadar Rahimberdi Rahmonov masjidning bosh imomi boʻlib faoliyat yuritgan[11][12].

Joylashuvi

tahrir

Masjid Toshkent shahri Yashnobod tumanidagi Yangiobod dahasi Chilon ota koʻchasi[1] 17-uy manzilida joylashgan. Masjidning janubiy vs sharqiy qismida Chilon ota qabristoni joylashgan. Shimoliy qismida aholi uylari, gʻarbiy qismida esa hozirda buzib tashlangan hammom hududi va issiqlik qozonxonasi joylashgan.

Gallireya

tahrir

Yana qarang

tahrir

Manbalar

tahrir
  1. 1,0 1,1 [https://geodzen.com/uz/tashkent/chilonota „улица Чилонота Ташкент“] (ru). geodzen.com. Qaraldi: 17-noyabr.
  2. 2,0 2,1 2,2 „Информация о компании“ (ru). Qaraldi: 17-noyabr.
  3. 3,0 3,1 „Ҳолид ибн Валид жоме масжиди“ (uz). masjid.uz. Qaraldi: 17-noyabr.
  4. 4,0 4,1 4,2 „«Холид ибн Валид» жоме масжиди“ (oʻzbek). Vakillik.uz. 2023-yil 24-yanvarda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 17-noyabr.
  5.   Islom uz YouTubeda
  6.   Islom uz YouTubeda
  7. „Anvar qori Tursunov vafot etdi“ (uz). kun.uz. Qaraldi: 2023-yil 25-yanvar.
  8. „Анвар қори Турсунов (1958-2018)“ (uz). ziyo.uz. Qaraldi: 2023-yil 25-yanvar.
  9. „Anvar qori Tursunov bugun, 13-iyun kuni tongda vafot etdi“ (uz). daryo.uz. Qaraldi: 2023-yil 25-yanvar.
  10. „Anvar qori Tursunov bugun tongda vafot etdi“ (uz). xs.uz. Xalq soʻzi. 2022-yil 11-dekabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2023-yil 25-yanvar.
  11. „Тошкент шаҳрининг янги бош имом хатибининг таржимаи ҳоли“ (uz). azon.uz. 2023-yil 25-yanvarda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2023-yil 25-yanvar.
  12. „Toshkent shahrining yangi bosh imom xatibining tarjimai holi“ (uz). zamin.uz. Qaraldi: 2023-yil 25-yanvar.