Yangiyer tibbiyot kolleji — Yangiyer tibbiyot bilim yurti Sogʻliqni Saqlash Vazirligining 1984-yil 29-may 692-sonli buyrugʻiga asosan tashkil etilgan.

Yangiyer tibbiyot kolleji Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Maxkamasining 1998-yil 13-maydagi „Oʻzbekiston Respublikasida Oʻrta maxsus, kasb-hunar ta’limini tashkil etish chora-tadbirlari toʻgʻrisida“ gi 204-sonli qarori asosida, Vazirlar Maxkamasining 2001-yil 12-iyundagi 253-sonli, 2003-yil 29-oktabrdagi 473-sonli qarorlarini va oʻrta maxsus, kasb-hunar ta’limi Markazining 2004-yil 24-yanvardagi 16-sonli buyrugʻini bajarish maqsadida, Yangiyer tibbiyot bilim yurti, Yangiyer tibbiyot kolleji deb qayta tashkil etildi.

Kollej umumiy oʻrta ta’lim negizidagi oʻqitish muddati 3 yil boʻlgan uzluksiz ta’lim tizimining majburiy mustaqil turi boʻlib, „Ta’lim toʻgʻrisidagi qonun“ va „Kadrlar tayyorlash milliy dasturi toʻgʻrisida“ gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonunlariga, Prezident Farmonlari, Vazirlar Maxkamasi qarorlari, Oliy va oʻrta maxsus ta’lim vazirligi va Kasb-hunar ta’limi Markazi, Sogʻliqni Saqlash vazirligi buyruqlari hamda ushbu Ustavga muvofiq, oʻz faoliyatini olib boradi va amalga oshiriladi.

Kollej tibbiy bilim asoslarini chuqur oʻrganishni tanlagan tibbiyot boʻyicha mutaxassis sifatida mustaqil amaliy ishlash uchun kadrlar tayyorlashni ta’minlaydi. Kollejimizda quyidagi yoʻnalishlarda kichik mutaxassislar tayyorlanadi:

Tibbiyot hamshirasi; Farmatsevt assistenti; Tibbiy laborant.

Havolalar

tahrir