Yangsu tegin
Yangsu tegin (shuningdek, Yang-souk, Dulu-xon, Shir-i Kishvar[1], Shaba[2] nomlari bilan tanilgan) — G‘arbiy Turk xoqonligi hukmdori Mug‘onning ikkinchi oʻgʻli, Poykand va Buxoro hukmdori.
Yangsu tegin | |
---|---|
Oʻtmishdoshi | Abruy |
Uy | Ashina |
Otasi | Mugʻon |
Dini | Tangrichilik |
Shiri Kishvar qadimgi Buxoro shahri, Buxoro vohasidagi Mamastin, Sakmatin, Samtin va Forob kabi bir qancha qishloqlar qurilishida o‘z hissasini qo‘shgan.
Xitoy tarixida Yangsu tegin haqida deyarli hech qanday eslatma yoʻq, chunki u xoqonlikning oliy hukmdori boʻlmagan, shuning uchun uning hayotining juda kam qismigini o‘rganilgan. Shunga qaramay, u sulola asoschisi boʻlgan Gʻarbiy Turk xoqonligi tarixi uchun juda muhimdir.
587-yilga kelib, oliy xoqon va Qoracho‘rin turklarining hukmdori oʻrtasidagi adovat tufayli yagona xoqonlik parchalanib ketdi. Xitoy diplomatlari xoqon va eng muhim xonlardan biri — Abruy oʻrtasida ittifoq tuzishga erishdilar. Lekin, bir muncha vaqt oʻtgach, ittifoqi buziladi va Abruy Buxorodan 40 km gʻarbda joylashgan Poykand qal’asini egallab oladi.
Abruy turklari Buxoro aholisiga zulm qiladilar, boylar qochib ketadi, kambag‘allar norozi bo‘lib xoqonlikdan yordam so‘rashadi. Qoracho‘rin hukmdori ittifoq tuzib Buxoro ustiga yurish boshlaydi.
Jang buxorodan uncha uzoq boʻlmagan, yunonlar Ikar deb atagan joyda 587-yil bahorida bo‘lib o‘tadi. Xitoy yozuvlariga koʻra, Abruyning koʻplab jangchilari darhol ittifoqchilar tomoniga oʻtgan. Abruyning o‘zi esa jangda halok bo‘ladi[3].
Yangsu Qoracho‘rin xoqoniga maktub yo‘llab, Buxoroni tashlab ketishni so‘raydi, u bunga rozi bo‘ladi. Yangsu tegin tezda mahalliy boylar bilan yaqinlashib, Buxoroni qayta tikladi. Mamastin[4], Sakmatin, Samtin va Forob qishloqlariga asos solgan.
Manbalar
tahrir- ↑ U Maxammada Narshaxi „Istoriya Buxari“ (Tarix’i Buxara). Kalka s tyurkskogo Il-Arslan = „Lev Strani“ po S. P. Tolstovu
- ↑ U Tabari
- ↑ Osawa, Takeshi „The Memorial complex and Statue of Niri kagan“. bitig.kz. Qaraldi: 2022-yil 26-avgust.
- ↑ U geografov Mastin — derevnya k zapadu ot Buxari, po doroge v Xorasan. (Bibl. Geogr. Arab. YJ, 19. 156; Jacut IV, 393
Havolalar
tahrir- Gumilyov L. N. Drevnie tyurki. — SPb.: SZKEO, Izdatelskiy Dom „Kristall“, 2002. — S. 576. — ISBN 5-9503-0031-9.
- Gumilyov L. N. Drevnie Tyurki.; Velikaya rasprya v pervom tyurkskom kaganate v svete vizantiyskix istochnikov.
- Gumilyov L. N. Podvig Baxrama Chubini
- Kamoliddin Sh. S. K voprosu o proisxojdenii toponima Buxara.
- Muxammad Narshaxi. Tarix’i Buxara. Istoriya Buxari.
- Tabari. Istoriya.
- Bichurin N. Ya. (o. Iakinf). Sobranie svedeniy…