Yangwang U9 — xitoyning yirik avtomobil ishlab chiqaruvchisi boʻlmish BYD Auto kompaniyasiga qarashli Yangvang subbrendi ostida ishlab chiqariluvchi superkar[1]. Avtomobil 2023-yilning 18-aprel sanasida Shanxay avtosalonida taqdim etilgan[1].

Yangwang U9
Asosiy maʼlumotlar
Ishlab chiqaruvchi Yangvang
Model yili 2023
Tasnifi
Sinfi superkar
Kuch moslamalari
Quvvati 1000 ot kuchi
Boshqa maʼlumotlar
Aloqador avtomobillar Aion Hyper SSR

Taqdimot tahrir

2023-yil 6-aprel kuni Yangvang subbrendi tomonidan ishlab chiqariluvchi Yangwang U9 superkarining premyerasi 18-aprel kuni boʻlib oʻtishi eʼlon qilindi va ijtimoiy tarmoqlarda Yangwang U9 ning tasvirlari joylashtirildi. «U» harfi «Ultimat» so'zining qisqartirilgan shaklidir. Avtomobil binafsha va sariq ranglarda taqdim etilgan. Binafsharang modifikatsiya sariq ranglisidan ancha rivojlangan aerodinamik qanotlar, xususan, mahkamlangan orqa qanoti va choʻzilgan boʻylama kili bilan farq qiladi[1].

TK tahrir

CarNewsChina jurnalining xabar berishicha, Yangwang U9 yangi BYD Yisifang EV platformasi asosida ishlab chiqarilgan va uning elektr stansiyasi har biri maksimal 275 ot kuchiga (320 Nm) ega to‘rtta elektr dvigateldan (har bir g‘ildirak uchun bittadan) iborat. Maksimal quvvati 1100 ot kuchiga (1280 Nm) teng. Superkar 100 km/soat tezlikka 2 soniyada erisha oladi. BYD Blade akkumulyatorining quvvati kamida 100 kVt/soatni tashkil qiladi. Xitoyning CLTC sikli bo‘yicha bir martalik quvvatlanishda avtomobil taxminan 700 km masofa bosadi. Avtomobilning minimal narx taxminan bir million yuanga teng.

Manbalar tahrir