Yaponiya geografiyasi
Yaponiya Tinch okeanining gʻarbiy qismida joylashgan hamda stratovulqon arxipelaglardan tashkil topgan orol davlatdir[5] Yaponiya 6 852 ta oroldan iboratdir.[6]. Eng katta beshta asosiy orollari — Hokkaido, Honshu, Kyushu, Shikoku va Okinava. Ryukyu orollari va Nanpu orollari asosiy orollarning janubi va sharqida joylashgan.
Qitʼa | Osiyo |
---|---|
Mintaqa | Sharqiy Osiyo |
Koordinatalar | 36°N 138°E / 36°N 138°E |
Maydoni | 62-oʻrin |
• Jami | 377,976.41[1] km2 (145,937.51 kv mi) |
• Yer | 87.93099% |
• Suv | 6.76% |
Qirgʻoq chizigʻi | 29 751 km |
Eng yuqori nuqta |
Fuji togʻi 3,776 m (12,388 ft)[2] |
Eng past nuqta |
Hachirōgata −4 m (−13 ft)[2] |
Eng uzun daryo |
Shinano daryosi 367 km (228 mi)[3] |
Eng yirik koʻl |
Biwa koʻli 671 km2 (259 kv mi)[4] |
Maydoni — 377,976.41 km2 (145,937.51 kv mi).[1] Maydoniga koʻra, Yaponiya jahonda toʻrtinchi eng yirik orol mamlakat, Sharqiy Osiyoda esa eng yirik orol mamlakatdir[7]l Yaponiya qirgʻoq chiziqlari uzunligi 29 751 km (18 468 mi) boʻlib, bu koʻrsatkich bilan jahonda oltinchi oʻrinda turadi[8].
Mintaqalari
tahrirYaponiya norasmiy ravishda shimoli-sharqdan (Hokkaidō) janubi-gʻarbgacha (Ryukyu orollari) sakkizta mintaqaga boʻlingan[9]:
- Hokkaidō
- Tōhoku mintaqasi
- Kantō mintaqasi
- Chūbu mintaqasi
- Kansai (yoki Kinki) mintaqasi
- Chūgoku mintaqasi
- Shikoku
- Kyūshū
Har bir mintaqa bir nechta prefekturalardan tashkil topgan, faqat Hokkaidō mintaqasini oʻz ichiga olgan Hokkaidō prefekturasi bundan mustasno.
Daryolari
tahrirQuyida Yaponiyaning eng uzun 10 ta daryosi keltirilgan[10]:
Rank | Nomi | Mintaqa | Prefektura | Uzunligi
(km) |
---|---|---|---|---|
1 | Shinano | Hokuriku | Nagano, Niigata | 367 |
2 | Tone | Kantō | Saitama, Chiba, Ibaraki, Tochigi, Gunma | 322 |
3 | Ishikari | Hokkaidō | Hokkaidō | 268 |
4 | Teshio | Hokkaidō | Hokkaidō | 256 |
5 | Kitakami | Tōhoku | Iwate, Miyagi | 249 |
6 | Abukuma | Tōhoku | Fukushima, Miyagi | 239 |
7 | Mogami | Tōhoku | Yamagata | 229 |
8 | Tenryu | Chūbu | Nagano, Aichi, Shizuoka | 212 |
9 | Agano | Hokuriku | Niigata | 210 |
10 | Shimanto | Shikoku | Kōchi | 196 |
Manbalar
tahrir- ↑ 1,0 1,1 „令和元年全国都道府県市区町村別面積調(10月1日時点), Reiwa 2nd year National area of each prefecture municipality (as of October 1)“ (ja). Geospatial Information Authority of Japan (25-dekabr 2020-yil). 1-yanvar 2021-yilda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 3-yanvar 2021-yil.
- ↑ 2,0 2,1 „Japan“. CIA World Factbook. Qaraldi: 11-noyabr 2017-yil.
- ↑ „Shinano River“. Encyclopædia Britannica. Qaraldi: 11-noyabr 2017-yil.
- ↑ „Lake Biwa“. Encyclopædia Britannica. Qaraldi: 11-noyabr 2017-yil.
- ↑ „Water Supply in Japan“ (website). Ministry of Health, Labour and Welfare. 26-yanvar 2018-yilda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 26-sentabr 2018-yil.
- ↑ „離島とは(島の基礎知識)“ (ja) (website). Ministry of Land, Infrastructure, Transport and Tourism. 13-noyabr 2007-yilda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 3-oktabr 2018-yil.(Wayback Machine saytida 2007-11-13 sanasida arxivlangan)
- ↑ „Island Countries Of The World“. WorldAtlas.com. 2017-yil 7-dekabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2019-yil 10-avgust.
- ↑ „日本の領海等概念図“. 海上保安庁海洋情報部. 12-avgust 2018-yilda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 12-avgust 2018-yil.
- ↑ Yaponiya mintaqalari japan-guide.com saytida
- ↑ „Longest Rivers In Japan“ (website). WorldAtlas.com. 17-noyabr 2018-yilda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 9-fevral 2020-yil.
Havolalar
tahrirVikiomborda Yaponiya geografiyasi haqida turkum mavjud |
- „Yaponiya: Nippon, Kiusiu, Sikok va Yesso“ xaritasi (ingl.)