Yaponiya madaniy boyliklari roʻyxati (rasmlar)

„Madaniy boylik“ atamasi Yaponiyada 1897-yildan beri madaniy obʼyektlarni ifodalash uchun qoʻllanila boshlagan[1]. Uning taʼrif va mezonlari atama paydo boʻlganidan beri oʻzgargan. Ushbu rasmlar atamaning hozirgi kundagi taʼrifiga mos keladi. 1951-yil 9-iyunda Yaponiyada „Madaniy boyliklarni muhofaza qilish toʻgʻg'risida“gi qonun kuchga kirgan paytda ushbu rasmlar milliy boylik sifatida belgilangan. Shu sababli ularni boshqa davlatga chiqarish va eksport qilish taʼqiqlangan[2]. Ushbu madaniy boyliklarga javobgar shaxslar undagi har qanday oʻzgarishlarni eʼlon qilishlari shart. Masalan, rasmga zarar yetganda, yoʻqolganda, bir joydan boshqa joyga koʻchirilganda, egalik huquqi topshirish yoki moʻljallangan taʼmirlash ishlari uchun ruxsat olinishi kerak boʻlgan vaziyatlarda jamoatchilikka yetqizilishi lozim[3].

Women seated on the floor of a house with sliding doors.
Genji Monogatari Emaki, Genji hikoyasidan tasvirlangan parcha, XII asr.

Manbalar

tahrir
  1. Coaldrake, William Howard (2002) [1996], Architecture and authority in Japan, London, New York: Routledge, 248-bet, ISBN 0-415-05754-X, qaraldi: November 1, 2009
  2. Gibbon 2005, s. 333
  3. „Preservation and Utilization of Cultural Properties“ (PDF), Administration of Cultural Affairs in Japan ― Fiscal 2009, Agency for Cultural Affairs, 2009, November 10, 2007da asl nusxadan (PDF) arxivlandi