Yaponiyaning Oʻzbekistondagi elchixonasi

Yaponiyaning Oʻzbekistondagi elchixonasi (yaponcha: 在ウズベキスタン日本国大使館) – Yaponiyaning Oʻzbekistondagi diplomatik vakolatxonasi[1].

Yaponiyaning Oʻzbekistondagi elchixonasi (yaponcha: 在ウズベキスタン日本国大使館)
Map
Akkreditatsiya qilingan mamlakat
Mezbon mamlakat Oʻzbekiston bayrogʻi Oʻzbekiston
Manzili Toshkent shahri, Sodiq Azimov koʻchasi, 1-tor koʻcha, 28-uy
Elchi Takashi Hatori
Sayt uz.emb-japan.go.jp

Tavsifi

tahrir

Elchixona Toshkent shahrida joylashgan boʻlib, 1993-yilning yanvar oyida oʻz faoliyatini boshlagan[2]. 2022-yilning dekabr oyidan buyon elchi vazifasini Takashi Hatori bajarib keladi.

Faoliyati

tahrir

Elchixona har hafta dushanbadan jumagacha 9:00 dan 17:30 gacha faoliyat yuritadi. Shuningdek, Oʻzbekistondagi rasmiy dam olish kunlaridan tashqara Yaponiyaning davlat bayramlari kunlarida ham ishlamaydi. Xususan, 24-fevral – imperatorning tugʻilgan kuni, 21-iyul – dengiz kuni, 11-avgust – togʻlar kuni, 15-sentyabr – keksalarni eʼzozlash kuni, 3-noyabr – madaniyat kunlari.

Yana qarang

tahrir

Manbalar

tahrir
  1. „Elchixona haqida maʼlumot“. https://www.uz.emb-japan.go.jp/.+Qaraldi: 18-dekabr 2024-yil.
  2. [Yaponiyaning Oʻzbekistondagi elchixonasi „ウズベキスタン共和国“]. https://www.mofa.go.jp/.+Qaraldi: 18-dekabr 2024-yil.