Yarozit
Yarozit (Ispaniyadagi — Xaroso degan joy nomidan, ilk bor shu yerda topilgan) — sulfatlar sinfiga mansub mineral. Kimyoviy tarkibi KGʻe3(504)2(ON)6. Tarkibida №(2% gacha), A1(19 % gacha), R (3% chamasi) va 8e (% ulushida) aralashmalari mavjud. Trigonal singoniyada kristallanadi. Kristallangan, donador, zich va boʻsh tuproq shaklida uchraydi. Rangi sariq, shishasimon yaltiraydi. Qattiqligi 3,0—3,5; zichligi 2,9— 3,25 g/sm3. Gipergen kelib chiqishga ega, sulfid konlarining oksidlanish zonasida pirit va markazit bilan assotsiatsiyada uchraydi. Janubiy Ural, Qozogʻiston, Ispaniya va Fransiyada maʼlum miqdorda topilgan. Oʻzbekistonda Pirmirob, Choqadambuloq, Qoʻrgʻoshinkon, Qalmoqqir va Oltintopgan konlarining oksidlanish zonasida uchraydi.
Bu andozani aniqrogʻiga almashtirish kerak. |
Ushbu maqolada Oʻzbekiston milliy ensiklopediyasi (2000-2005) maʼlumotlaridan foydalanilgan. |