Yasemin Adar
Yasemin Adar (1991-yil 6-dekabrda tugʻilgan)[1] — turkiyalik erkin kurashchi 76 kggacha boʻlgan vaznda gilamga chiqadi[2][3]. U jahon chempioni va besh karra Yevropa chempioni hisoblanadi. Shuningdek, 2020-yili Yaponiyaning Tokio shahrida boʻlib oʻtgan yozgi Olimpiada oʻyinlarida ayollar oʻrtasida 76 kg vazn toifasida bronza medalini qoʻlga kiritgan[4][5].
Yasemin Adar | |
---|---|
Shaxsiy maʼlumotlari | |
Jinsi | Ayol |
Tavallud paytidagi ismi | Yasemin Adar |
Fuqaroligi | Turkiya |
Tavallud sanasi |
6-dekabr 1991-yil Turkiya |
Sport | |
Qaysi sport | Erkin kurash |
Klubi | Turkiya |
Shaxsiy hayoti
tahrirYasemin Adar 1991-yil 6-dekabrda Turkiyaning Balıkesir shahrida novvoy Naim Adar va Ayshegul oilasida tugʻilgan. Uning Yulduz ismli opasi bor. Uning onasi 2013-yilda vafot etgan. Gaziosmanpasha oʻrta maktabini tugatgandan soʻng, Balıkesir universitetida jismoniy tarbiya va sport fakultetida tahsil olgan. Hozirda Niğde shahrida oʻqituvchi boʻlib ishlaydi.
Sportdagi faoliyati
tahrirYasemin Adarni Turkiyaning sobiq chempioni, sport kurashchisi Aslan Seyhanli oʻrta maktab va universitetda oʻqib yurgan paytlarida oʻq otish bilan shugʻullanayotganda kashf etgan.
Adar erkin uslubda −72kg vazn toifasida ishtirok etadi. 2012-yilda Kanadaning Alberta shtatidagi Stratkona okrugida boʻlib oʻtgan jahon chempionatida muvaffaqiyatsiz ishtirok etgan.
2013-yilda Gruziyaning Tbilisi shahrida boʻlib oʻtgan Yevropa chempionatida muvaffaqiyat qozona olmagan. 2013-yilda Turkiyaning Mersin shahrida boʻlib oʻtgan Oʻrta yer dengizi oʻyinlarida u −72kg vazn toifasida oltin medal sohibiga aylangan. 2013-yilda Vengriyaning Budapesht shahrida boʻlib oʻtgan jahon chempionatida yarim finalda xitoylik Chjan Fengliuga va uchinchi oʻrin uchun bahsda amerikalik Adelin Greyga yutqazib, beshinchi oʻrinni egallagan.
Adar 2014-yili Oʻzbekiston poytaxti Toshkentda boʻlib oʻtgan jahon chempionatida 1/8 finalga qadar yetib borgan.
2015-yilda Ozarbayjon poytaxti Boku shahrida boʻlib oʻtgan Yevropa oʻyinlarida 75kg vazn toifasida rossiyalik Yekaterina Bukinaga yutqazib, musobaqani tark etgan. Keyin esa bronza medali uchun bahsda moldaviyalik Svetlana Saenkoga imkoniyatni boy bergan. 2015-yilda AQSHning Las-Vegas shahrida boʻlib oʻtgan jahon chempionatida Adar chorak finalda kolumbiyalik Andrea Olayaga yutqazib qoʻygan.
−75kg vazn toifasida Latviya poytaxti Riga shahrida boʻlib oʻtgan 2016-yilgi Yevropa chempionatida u ushbu chempionatda rossiyalik Alena Storodubtsevani magʻlub etib, oʻz mamlakatiga ilk bor ayollar kurashi boʻyicha oltin medalni olib kelgan.
2020-yilda Serbiyaning Belgrad shahrida boʻlib oʻtgan erkin kurash boʻyicha Jahon kubogida ayollar oʻrtasida 76 kg vazn toifasida kumush medalni qoʻlga kiritgan[6][7]. 2021-yil mart oyida Vengriyaning Budapesht shahrida boʻlib oʻtgan Yevropa saralash turnirida 2020-yilda Yaponiyaning Tokio shahrida boʻlib oʻtadigan Yozgi Olimpiya oʻyinlariga yoʻllanma olish maqsadida ishtirok etgan[8]. U oʻzining ikkinchi bahsida avstriyalik Martina Kuensga qarshi kurash olib borgan[8]. 2021-yilning may oyida u 2020-yilgi Yozgi Olimpiada oʻyinlarida Turkiyani himoya qilish uchun Jahon Olimpiya saralash turnirida qatnashish huquqini qoʻlga kiritdi[9][10].
U Vengriyaning Budapesht shahrida boʻlib oʻtgan 2022-yilgi kurash boʻyicha Yevropa chempionatida ayollar oʻrtasida 76 kg vazn toifasida oltin medalni qoʻlga kiritgan[11][12]. Bir necha oy oʻtgach, u Jazoirning Oran shahrida boʻlib oʻtgan 2022-yilgi Oʻrta yer dengizi oʻyinlarida 76 kg vazn toifasida oltin medalni qoʻlga kiritdi[13].
Asosiy natijalari
tahrirYil | Turnir | Joy | Natija | Toifa |
---|---|---|---|---|
2012 | Yevropa Chempionati | Belgrade, Serbia | 15-oʻrin | 72 kg |
Oʻrta Yer dengizi chempionati | Larissa, Greece | 1-oʻrin | 72 kg | |
Jahon chempionati | Strathcona County, Canada | 5-oʻrin | 72 kg | |
2013 | Yevropa Chempionati | Tbilisi, Georgia | 10-oʻrin | 72 kg |
Oʻrta Yer dengizi chempionati | Mersin, Turkey | 1-oʻrin | 72 kg | |
Jahon chempionati | Budapest, Hungary | 5-oʻrin | 72 kg | |
2014 | Yevropa Chempionati | Vantaa, Finland | 9-oʻrin | 75 kg |
Jahon chempionati | Tashkent, Uzbekistan | 9-oʻrin | 75 kg | |
2015 | Yevropa oʻyinlari | Baku, Azerbaijan | 5-oʻrin | 75 kg |
Jahon chempionati | Las Vegas, United States | 10-oʻrin | 75 kg | |
2016 | Yevropa Chempionati | Latviya | 1-oʻrin | 75 kg |
Olimpiya oʻyinlari | Rio de Janeiro, Brasil | 8-oʻrin | 75 kg | |
2017 | Yevropa Chempionati | Novi Sad, Serbia | 1-oʻrin | 75 kg |
Islom birdamlik oʻyinlari | Baku, Azerbaijan | 1-oʻrin | 75 kg | |
Jahon chempionati | Paris, France | 1-oʻrin | 75 kg | |
2018 | Yevropa Chempionati | Kaspiysk, Russia | 1-oʻrin | 76 kg |
Jahon chempionati | Budapest, Hungary | 2-oʻrin | 76 kg | |
2019 | Yevropa Chempionati | Bucharest, Romania | 1-oʻrin | 76 kg |
2020 | Yevropa Chempionati | Rome, Italy | 2-oʻrin | 76 kg |
2021 | Yozgi olimpiya oʻyinlari | Tokyo, Japan | 3-oʻrin | 76 kg |
2022 | Yevropa Chempionati | Budapest, Hungary | 1-oʻrin | 76 kg |
Oʻrta Yer dengizi chempionati | Oran, Algeria | 1-oʻrin | 76 kg |
Manbalar
tahrir- ↑ „Entry List by NOC“. 2022 Mediterranean Games. 27-iyun 2022-yilda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 27-iyun 2022-yil.
- ↑ „arxiv nusxasi“. 2021-yil 12-avgustda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2022-yil 13-iyul.
- ↑ „International Wrestling Database“.
- ↑ Morgan, Liam. „López etches name into history books by clinching fourth Olympic wrestling title at Tokyo 2020“. InsideTheGames.biz (2-avgust 2021-yil). Qaraldi: 2-avgust 2021-yil.
- ↑ „Wrestling Results Book“. 2020 Summer Olympics. 7-avgust 2021-yilda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 8-avgust 2021-yil.
- ↑ Shefferd, Neil. „Russia claim team title on final day of women's action at UWW Individual World Cup“. InsideTheGames.biz (16-dekabr 2020-yil). Qaraldi: 17-oktabr 2021-yil.
- ↑ „2020 Individual Wrestling World Cup Results Book“. United World Wrestling. 18-dekabr 2020-yilda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 18-dekabr 2020-yil.
- ↑ 8,0 8,1 „2021 European Wrestling Olympic Qualification Tournament Results Book“. United World Wrestling. 24-mart 2021-yilda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 24-mart 2021-yil.
- ↑ Shefferd, Neil. „Chumikova secures emotional win at UWW World Olympic Games qualifier“. InsideTheGames.biz (7-may 2021-yil). Qaraldi: 7-may 2021-yil.
- ↑ „2021 World Wrestling Olympic Qualification Tournament Results Book“. United World Wrestling. 9-may 2021-yilda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 9-may 2021-yil.
- ↑ Lloyd, Owen. „Two golds apiece for Moldova and Turkey at European Wrestling Championships“. InsideTheGames.biz (31-mart 2022-yil). Qaraldi: 31-mart 2022-yil.
- ↑ „2022 European Wrestling Championships Results Book“. United World Wrestling. 3-aprel 2022-yilda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 3-aprel 2022-yil.
- ↑ „Wrestling Competition Summary“. 2022 Mediterranean Games. 30-iyun 2022-yilda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 30-iyun 2022-yil.