Yashil masjid (pushtu: sẖnh jwmạt; dariycha: مَسجد سَبز) – Afgʻoniston shimolidagi Balx shahrida joylashgan masjid[1]. Bu Sharqiy Temuriylar imperiyasining oʻsha paytdagi hukmdori Shohrux Mirzo yoki uning rafiqasi Gavharshod begim tomonidan qurilgan deb hisoblaniladi.

Masjid
Yashil masjid
dariycha: مَسجد سَبز
Mamlakat  Afgʻoniston
Shahar Balx
Binokor Shohruh Mirzo
Binokorlik 1419-yil1421-yil
Minoralar soni 2
Qurilish materiallari Lazurit, gʻisht, tosh

Tarixi tahrir

1405-yilda Amir Temurning oʻlimidan soʻng, uning imperiyasi hukmronlik uchun kurashayotgan turli qabilalar va sarkardalar tufayli parchalanib ketadi. Qora qoʻyunlilar 1410-yilda Bagʻdodni qoʻlga kiritganlarida gʻarbiy imperiyani ham vayron qilishadi, ammo Fors va Movarounnahrda Shohrux Mirzo 1409-yildan buyon samarali boshqaruvni taʼminlay olgani mamlakatni tanazzuldan saqlab qoladi. Uning imperiyasi Sharq va Gʻarb oʻrtasidagi asosiy savdo yoʻllarini, shu jumladan afsonaviy Buyuk Ipak yoʻlini ham nazorat etadi, hudud mintaqa sifatida juda boy hisoblaniladi, chunki koʻplab mahalliy masjidlarda qayta qurish ishlari amalga oshiriladi. Shuningdek, koʻplab binolar yangidan bunyod etilad[1]. Ushbu binoning ayrim jihatlari mashhur Toj Mahalning oldidan koʻrinishiga oʻxshab ketadi.

Arxitekturasi tahrir

Asosiy bino temuriylarga xos meʼmoriy uslubni oʻzida aks ettiradi. Biroq, bugungi kunda binoning koʻp qismi Sovet va Afgʻonistondagi fuqarolar urushlari paytida yuz bergan ziddiyatlar va qarama-qarshilikdan jiddiy zarar koʻrgan. Asosiy hovli yaxshi saqlangan boʻlib, odamlar ochiq joylarda ibodat qilishlari mumkin. Binoning orqa tomoni asfal qilingan, orqa tomondagi bogʻga unchalik koʻp eʼtibor berilmagan. Minora yo binoning eskirganligi sababli qulab tushgan yoki kommunistlarning urush paytidagi tajovuzkor harakati tufayli shu holga kelgan boʻlishi mumkin. Koshinlarining katta qismiyoʻqolgan va yogʻoch eshiklarning barchasi qayta taʼmirlanilishi kerak[1].

Galereya tahrir

Yana qarang tahrir

Manbalar tahrir

  1. 1,0 1,1 1,2 „Green Mosque, Balkh, Afghanistan“. Muslim Mosques. Qaraldi: 2018-yil 15-may.