Yashiq — oʻzbek urugʻlaridan biri. Ya. qipchoq qabilasining bir boʻlagi. V.P. Nalivkin oʻzining "Qoʻqon xonligining qisqacha tarixi" asarida Ya. urugʻi ham qipchoq qabilasining yettiqashqa va choʻtqora urugʻlari kabi Qoʻqon xonligida tarqalganligini qayd etgan. Fargʻona viloyati baʼzi qishloqlarida toponim sifatida saqlanib qolgan.