Yasmeen Murshed
Yasmeen Murshed — Bangladeshlik tadbirkor ayol. Iajuddin Ahmad prezidentligi davridagi muvaqqat hukumatning sobiq maslahatchisi boʻlgan.
Biografiya
tahrirYasmeen maktabni Viqarunnisa Noon School maktabini va 1969-yilda kolejjini tamomlagan. Panjob universitetida ingliz tili yoʻnalishida bakalavr darajasini olgan, soʻng ayni shu universtitetda iqtisod boʻyicha magistr darajasini oldi.
U 1977-yilda Scholastica maktabiga asos solgan. U Scholastica maktabi asoschisi va Etcetera Bangladesh doʻkonining asoschi raisi.
Yasmeen davlat siyosatida ham keng faoliyat yuritgan. Yasmeen 2006-yil 31-oktabrdan 2007-yil 11-yanvargacha turli xil vazirliklarda faoliyat yuritgan: Ayollar va bolalar ishlari vazirligi, Boshlangʻich va ommaviy taʼlim vazirligi va Ijtimoiy taʼminot vazirligiga masʼul boʻlgan. 2007-yilda u Bangladeshning Pokistonga Oliy komissari etib tayinlangan.
Shaxsiy hayot
tahrirBangladeshlik tadbirkor Marianing ikki farzandi bor. Maria farzandlarining ismi Syed Maher Murshed va Syeda Madiha Murshed. Yasemeen Sayid Manzur Murshed Begum Hasina Murshedning oʻgʻli Sayid Tanvir Murshedga turmushga chiqqan edi. Yasemeen Murshedning otasi va onasi Xoja Zakiuddin va Begum Binou Zakiuddin Dakkalik boʻlib, yerlik Navob oilasining aʼzolari boʻlgan. Yasmeen Murshedning bobosi Xoja Shahobiddin edi. Uning buvisi Farhat Shahobiddin Bengaliyadagi birinchi ayol qonunchilardan boʻlgan. U ham siyosiy faoliyatda faol qatnashgan ayollardan edi.
Bu maqola birorta turkumga qoʻshilmagan. Iltimos, maqolaga aloqador turkumlar qoʻshib yordam qiling. (Aprel 2024) |