Yasugay bahodir
Yasugay bahodir, Yesugay bahodir (? — taxminan 1168) — Moʻgʻulistondagi koʻchmanchi qabilalar ittifoqidan birining rahbari. Chingizxonning otasi. Yasugay bahodirning otasi — Bartan bahodir, bobosi — Qobulxonlar ham qabila sardori boʻlishgan. Yasugay bahodir kuchli totor qavmi bilan qattiq kurash olib borib, ular yurtini tobe ettirgan.
YA.b.ning beshta oʻgʻli boʻlgan. Temuchin (Chingizxon), Joʻchi Qasar, Qachun, Tamuka, Bilgutoy oʻtchikin. Yasugay bahodir oʻgʻillari va urugʻaymogʻining aksariyati oq yuzli va qora koʻz boʻlishgan; moʻgʻullar qora koʻzli odamlarni burjigin deb atashgan. Shu tufayli Yasugay bahodir urugʻi burjigin — qiyot (moʻgʻulcha qiyot — kuchli, shiddatli) deb nom olgan. Yasugay bahodir vafot etganda Chingizxon 13 yoshda, ukalari esa yanada yosh boʻlishgan.
Ad.:Mirzo Ulugʻbek, Toʻrt ulus tarixi, T., 1994; Abulgʻozi y, Shajarayi turk, T, 1992.
Ushbu maqolada Oʻzbekiston milliy ensiklopediyasi (2000-2005) maʼlumotlaridan foydalanilgan. |
Bu andozani aniqrogʻiga almashtirish kerak. |