Yaxob — tuproqda nam zaxirasini hosil qilish va ekinning unib chiqishi va normal rivojlanishi uchun sharoit yaratish maqsadida haydalma yerlarga, bogʻlar va tokzorlarga qish, erta bahorda suv berish. Yogʻin miqdori yetarli boʻlmagan (yiliga 250 mm dan kam) rayonlarda qoʻllaniladi. Ya. grunt suvlari 3 m dan chuqur joylashgan avtomorf tuproqlarda yaxshiroq samara beradi. Turli darajada shoʻrlangan gidromorf tuproqlart Ya. shoʻr yuvish vazifasini bajaradi. Baʼzi joylarda (yengil va qatlami yupqaroq tuproqparda) Ya. ekish oldidan oʻtkaziladi (ekish oldidan suv berish). Ya. tekis yerlarda marza olinib, nishabli yerlarda aylanma yoki dandana ariq solib beriladi. Ya. texnikasi vegetatsion suv berish texnikasi bilan deyarli bir xil. Ya. normasi turlicha boʻladi: tagzamini qum yoki shagʻal boʻlgan 0,5–1 m qalinlikdagi tuproqlarda 1000–1800 m³/ga, qalin avtomorf tuproqlarda 2500 m5/ga gacha boradi (qarang Yer shoʻrini yuvish).