Vladimir Vladimirovich Yaxontov (1899.23.11, hozirgi Rossiya Federatsiyasi Kurgan gubernyasi, Shadrin tumani — 1970.17.1, Toshkent) — entomolog olim. Oʻzbekiston Fanlar akademiyasi muxbir aʼzosi (1956), professor (1935), Oʻzbekistonda xizmat koʻrsatgan fan arbobi (1960). Leningrad amaliy zoologiya va fitopatologiya institutini va ayni vaqtda chet tillar institutini tugatgan (1927). Shirobudin (Buxoro) tajriba stansiyasida boʻlim boshligʻi (1927—29), Toshkent qishloq xoʻjaligi instituti oʻsimliklarni himoya qilish kafedrasida dotsent, professor (1930—34), entomologiya va zoologiya kafedrasi mudiri (1935—61; 1965—70). Oʻzbekiston Fanlar akademiyasi Zoologiya va parazitologiya institutida entomofaglar laboratoriya mudiri, ilmiy ishlar boʻyicha direktor oʻrinbosari, direktor (1961—65). Ilmiy ishlari, asosan gʻoʻza, beda zararkunandalari, hasharotlar ekologiyasini tadqiq etishga, qishloq xoʻjaligi ekinlari zararkunandalariga qarshi kurashning biologik usullariga bagʻishlangan. Ya. Oʻrta Osiyodagi tripslarning 10 ta yangi turini aniqlagan.[1]

Manbalar

tahrir
  1. "Yaxontov Vladimir Vladimirovich" OʻzME. Ya-harfi Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil

Adabiyotlar

tahrir
  • Listovoy lyutsernovsh slonik ili fitonomus, T., 1934; Vrediteli selskoxozyaystvennmx rasteniy i produktov Sredney Azii i borba s nimi, T., 1953: Ekologiya nasekommx, M., 1969.

Havolalar

tahrir