Yaybahar
Yaybahar — turk musiqachisi Goʻrkem Sen (turkcha: Görkem Şen) tomonidan ixtiro qilingan akustik cholgʻu asbobi, uni „real vaqtdagi torli akustik sintezator“ deb ham taʼriflashadi[1]. Asbob nomining kelib chiqishi turkiy til bilan bogʻliq. U ikki soʻzdan iborat: yay „tor“ degan maʼnoni anglatadi, bahor esa faslgan ishora qiladi. Goʻrkem Sen oʻz intervyularining birida ushbu nomni yangi hayot va yangi ibtido gʻoyasidan ilhomlangan holda tanlaganini tushuntirib bergan edi.
Yaratilish tarixi
tahrirSen yaybaharni 2014-yilda YouTubeʼga ikkita video joylashtirish orqali taqdim etgan[2]. Bunga qadar asbob ustida olti yil davomida ish olib borgan. Tanqidchilar haligacha yaybaharning ovozini musiqa deb hisoblash mumkinmi yoki yoʻqmi — aniq bir fikrga kela olishmaydi. Britaniyaning „Classic FM“ klassik musiqa radiokanali oʻzining onlayn sharhida yaybaharni „mutlaqo gʻalati, qoʻrqinchli va ajoyib tovush“ chiqaradigan „daho maxluq“ deb atagan[3]. Irlandiyadagi „The Journal of Music“ musiqa jurnali yaybahar ovoziga „hamma narsani yutib yuboradi“ deya taʼrif bergan[4].
Tuzilishi
tahrirYaybaharning dizayni va ovozida Gʻarb va Sharqning taʼsiri yaqqol seziladi. Sen yaybaharni yaratish uchun turklarning nay, Afrikaning tovushi baland barabani va Avstraliyaning didjeridu kabi bir nechta asboblarning asosini jamlab olgan. Bastakor Yan Haniman yaybaharni „rezonans uchun yogʻoch korpus oʻrniga prujina va barabanlardan foydalanilgan violonchelga oʻxshash asbob“ deb taʼriflagan. Yaybahar orkestrlarning torli cholgʻu asboblariga oʻxshab ikkita barabanning oʻrtasiga osilgan ikki uzun torning ustiga yogʻoch kamonchani urish yoki uni sirgʻatish: barabanlarga zarba berish yoki kamonchani asbobning yuqori qismi boʻylab harakatlantirish usuli bilan chalinadi; Yaybahar torlar va jarangdor jism oʻrtasidagi yangi tutashtiruvchi vositalar tizimiga asoslangani bilan boshqa cholgʻu asboblaridan farq qiladi.
Foydalanish
tahrir- 2018-yilda britaniyalik bastakor Maks Rixter rejissor Skott Kuper tomonidan suratga olingan „Dushmanlar“ filmi uchun musiqa yaratishda yaybahardan foydalangan[5].
- Irlandiyalik qoʻshiqchi Muireann Nic Amhlaoibxning „Thar Toinn / Seaborne“ (2020) albomidagi „Port Na bPúcaí“ qoʻshigʻi xonandaning turmush oʻrtogʻi tomonidan tayyorlangan yaybahar yordamida yozilgan[6].
Manbalar
tahrir- ↑ Мортада, Далия. „Это не космическая одиссея, это яйбахар“ (английский). pri.org (19 августа, 2015).
- ↑ Berat Özdemir. „Yaybahar by Görkem Şen“ (английский). YouTube (3 ноября, 2014).
- ↑ „Этот инструмент — яйбахар — он звучит как конец света.“ (английский). Classic FM (21 ноября, 2016).
- ↑ „Юмор моря.“ (английский). The Journal of Music (30 апреля, 2020).
- ↑ Кермоуд, Марк. „Обзор фильма "Недруги" — да здравствует вождь темной западной одиссеи!“ (английский). The Guardian (7 января, 2018).
- ↑ Neely, Daniel. „Lankum are audience hit in NYC“ (английский). The Irish Eco.