Yaydoqchilar — pardaqanotlilar turkumiga mansub nashtarsiz tekinxoʻr hasharotlar oilasi. 60 mingdan ortiq turi maʼlum. Ularga gibrobrakon va trixogramma yaydoqchisi kiradi. [1]Yaydoqchilarning qurtlari boshqa hasharotlar tanasida yoki tuxumida parazitlik qilib yashaydi. Yaydoqchilarning qorni uchida uzun tuxum qoʻygichi boʻladi. Tabiatda oʻtlar ustida pastlab uchib yurgan yirik yaydoqchilarni koʻp uchratish mumkin. Yaydoqchilar tuxum qoʻygichi yordamida hasharotlar qurti terisini teshib, uning tanasiga tuxum qoʻyadi. Tuxum qoʻyadigan urgʻochi yaydoqchi qurtni minib olganga oʻxshaydi. Shuning uchun bu hasharotlar yaydoqchilar deb ataladi. Tuxumlardan chiqqan yaydoqchi qurtchalari kapalak qurti tanasi toʻqimalarini yeb oʻsadiva asta sekin uni halok qiladi. Bir qancha yaydoqchilardan zararkunanda hasharotlarga qarshi biologik kurash olib borish maqasadida foydalaniladi. Go'za tunlami va tunlam kapalaklar qurtiga qarshi kurashda trixogramma va gibrobrakon yaydoqchilari foydalanib kelinmoqda

Manbalar

tahrir
  1. M.M. Abdulxayeva Biologiya 2022.