Yazid ibn Subayt al-Abdiy al-Basriy
Yazid ibn Subayt al-Abdiy al-Basriy (arabcha: یَزید بن ثُبَیط العَبدی البَصری) – Husayn ibn Alining Karbalo jangida shahid boʻlgan hamrohlaridan biri.
Shaxsiy maʼlumotlar | |
---|---|
Vafoti | milodiy 680-yil 10-oktyabr (hijriy 61-yil Muharram oyining 10-kuni) |
Oʻlim sababi | Karbalo jangida shahid boʻlgan |
Dafn etilgan joyi | Karbalo, iroq |
Dini | Islom |
Tanilgan sohasi | Husayn ibn Alining hamrohi |
Nasabi
tahrirYazid ibn Subayt Basradagi Abdulqays qabilasidan boʻlgan[1].
Husayn ibn Aliga qoʻshilishi
tahrirHusayn ibn Alining odamlarni yordamga chaqiruvchi maktubi Basraga yetib borgach, Yazid Husayn karvoniga qoʻshilishga qaror qilgan. Mariya binti Munqidning uyida boʻlib oʻtgan yigʻilishda basralik bir qancha shia vakillari yigʻilganini maʼlum qilgan. Yazidning 10 nafar oʻgʻli boʻlib, ulardan faqat 2 nafari, yaʼni Abdulloh va Ubaydullohlargina Karbalo jangida qatnashgan. Shuningdek, Amir ibn Muslim al-Abdiy va uning xizmatkori Solim, Sayf ibn Molik al-Abdiy va Adham ibn Umayya al-Abdiylar ham unga qoʻshilishgan. Makka yaqinidagi Abta shahrida Husayn karvonini uchratib, oʻsha yerda chodirlarini qurishgan. Husayn ibn Ali Yazid ibn Subaytning kelganini eshitib, uni kutib olish maqsadida Yazidning chodiriga borgan, biroq Yazid ham Husaynni koʻrgani ketgan edi. Husayn Yazidning chodirida qolib, uning qaytishini kutgan. Yazid Husaynning chodiriga yetib kelganida, Husayn uni kutib olish uchun ketganligini aytishgan. Chodiriga qaytib, Husaynni koʻrgan Yazid: „Allohning fazl-u va rahmati ila shod boʻlsinlar“, deb aytgan[2]. Keyin Husayn ibn Aliga salom berib, boʻlgan voqeani aytib bergan. Husayn uni duo qilib, oʻzining karvoniga qoʻshib olgan[3].
Ashuro kuni
tahrirYazid va uning ikki oʻgʻli Ashuro kuni Karbalo jangida shahid boʻlishgan[4]. U va uning oʻgʻillari haqida „Ziyorat ash-Shuhada“da shunday zikr qilinadi: „Zayd ibn Subayt al-Qaysiyga salomlar boʻlsin. Yazid ibn Subayt al-Qaysiyning ikki oʻgʻli Abdulloh va Ubaydullohga salomlar boʻlsin“.
Manbalar
tahrir- ↑ Tarih-i Tabari. tarikh al-umam wa-al-muluk — 353-bet.
- ↑ Qur’an 10:58.
- ↑ Tarih-i Tabari. Tarih-i Tabari — 353–354-bet.
- ↑ Tarih-i Tabari. tarikh al-umam wa-al-muluk — 353-bet.