Yegor Ship (haqiqiy ismi, familiyasi Yegor Vladimirovich Korablin[1]; 2002- yil 12-fevralda tugʻilgan, Moskva) — rossiyalik videobloger, xonanda[2].

Yegor Ship
Yegor Vladimirovich Korablin
Tavalludi 12-fevral 2002-yil (2002-02-12) (22 yosh)
Janrlar pop musiqa, hip hop
Kasbi xonanda, bloger
Faoliyat yillari 2019-yildan to hozirgi kungacha
Fuqaroligi Rossiya bayrogʻi Rossiya
Veb-sayt black-star.ru/egor-ship

Biografiyasi

tahrir

2002 yil 12 fevralda Moskvada tugʻilgan[3]. Igor Krutoyning musiqa akademiyasida tahsil olgan[2]. 2018-yilda Dmitriy Guberniyev, Olimpiada Tetich va ushbu akademiyaning yana bir talabasi Mila Shevich bilan birgalikda Artekda boʻlib oʻtgan „Junior Eurovision“ qoʻshiq tanlovining Rossiya milliy saralash bosqichi finaliga boshlovchilik qilgan[4][5]. Shuningdek, NTV kanalida Katya Maneshina bilan birgalikda „Super Deti Fest“[5] televizion loyihasini olib borgan[3]. 2019-yilda oʻz faoliyatini videobloger sifatida boshladi, Yegor Dexterning kanalida „boy maktab oʻquvchisi“ rolini oʻynaydi. Har bir epizod shunga oʻxshash ssenariy boʻyicha davom etdi: ular Yegor Ship yoki boshqa maktab oʻquvchisiga tashrif buyurishdi va u esa oʻzining hashamatli mashinalari va uyini koʻrsatadi. Aslida, bularning barchasi suratga olish paytida ijaraga olingan[3]. „Ushbu shouda hamma narsa haqiqiy boʻlmagan, lekin hamma bizni qandaydir boyvachchalar deb hisoblashardi“, deydi Ship[3]. 2019-yil 20-avgustda Ship YouTubeda oʻz kanalini ochdi. Videolarning mavzulari oʻz hayotidan lavhalar, qiyinchiliklari va hazillarni oʻz ichiga olgan. Birinchi yilda uning kanaliga deyarli ikki million kishi obuna boʻldi. Bundan tashqari, Yegor Youtuber Pasha Dvoretskiy bilan hamkorlik qilib, „Bolshe menshe“[5] kanalida pranklarda rol oʻynaydi. 2020-yilda Hype House Rus tik-toker uyi asoschilaridan biriga aylandi, ammo tez orada shartlarni buzgani uchun haydaldi[5][3]. Keyin Freedom Team Housega asos solgan[5], lekin, baʼzi manbalarga koʻra, u yerdan ham ketgan[3]. Bahorda Make It Music leyblida „Fake Love“ trekini chiqarish orqali musiqiy karyerasini boshladi. 28-may kuni „DIOR“ trekini chiqardi[6]. 1-iyun kuni YouTubeda[7] klipini joylashtirildi. Iyun oyining oxirida „Kak tvoi dela?“ treki[8] va 1-iyulda esa klipi chiqdi[9]. Yegor bu qoʻshiqni Valya Karnavalga bagʻishlagan[10]. Iyul oyining oxirida „Pikachu“[11][12] nomi ostida Mia Boyka bilan duet qoʻshigʻini taqdim etdi, qoʻshiq TopHit portali tomonidan eʼlon qilinadigan YouTubedagi eng mashhur musiqiy videolar chartida birinchi oʻrinni egalladi[13]. Atigi 50 ming rublga suratga olingan klip YouTubeda juda mashhur boʻlaib ketadi[14]. 13-avgustda Pasha Lim ishtirokida „Gameboy“ deb nomlangan treki chiqadi[15]. 17-sentyabrda „Ne grusti“ yakkaxon qoʻshigʻi chiqdi[16]. 9-oktyabr kuni Ganvest bilan birgalikda „Bezalkogolnoye vino“ treki chiqadi[17]. Shu kuni qoʻshiq uchun olingan videoklip ham chiqarildi[18][19]. 12-noyabrda Rus bilan ijro qilgan „Ne vlyublyus“ nomli qoʻshigʻi chiqdi[20]. 2-dekabrda „Nevidimka“[21] yakkaxon treki, 8 dekabrda esa videoklipi[22][23] chiqdi. 2021-yil sentyabr oyida qoʻshiqchi Make It Music leyblidan Black Star Incga oʻtayotgani maʼlum boʻldi[24]. 2023-yilda STS telekanalidagi „Faktor straxa“ shousida ishtirok etdi va u yerda 300 000 rubl yutib oldi.

Shaxsiy hayoti

tahrir

2020-yil boshidan Valya Karnaval bilan uchrashadi, ammo oʻsha yilning yozida ular ajralishdi[25][26][27].

Manbalar

tahrir
  1. „Егор Кораблин на ACMODASI“. ACMODASI.RU. Qaraldi: 2020-yil 28-noyabr.
  2. 2,0 2,1 „От "богатого школьника" до популярного тиктокера: как прославился Егор Шип“. Cosmopolitan (2020-yil 21-sentyabr). 2021-yil 11-mayda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2020-yil 24-noyabr.
  3. 3,0 3,1 3,2 3,3 3,4 3,5 „Егор Шип“ (ru). SRSLY. 2021-yil 27-yanvarda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2020-yil 20-dekabr.
  4. „Давно у нас в ленте не было селфи —...“. Академия популярной музыки Игоря Крутого (Facebook) (2018-yil 6-iyun).
  5. 5,0 5,1 5,2 5,3 5,4 „Егор Шип: «Не люблю, когда меня называют тиктокером»“. ТНТ MUSIC (2020-yil 6-iyun). 2020-yil 6-dekabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2020-yil 28-noyabr.
  6. „‎Альбом «Dior - Single» (ЕГОР ШИП) в Apple Music“. Apple Music (2020-yil 28-may). 2021-yil 11-mayda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2020-yil 24-noyabr.
  7. „Егор Шип - DIOR (Премьера клипа, 2020) 12+“. YouTube (2020-yil 1-iyun). 2020-yil 22-noyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2020-yil 24-noyabr.
  8. „‎Альбом «Как твои дела? - Single» (ЕГОР ШИП) в Apple Music“. Apple Music (2020-yil 30-iyun). 2021-yil 11-mayda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2020-yil 24-noyabr.
  9. „Егор Шип - Как твои дела? (Премьера клипа, 2020) - YouTube“ (2020-yil 1-iyul). 2020-yil 19-sentyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2020-yil 20-dekabr.
  10. „Егор Шип «Как твои дела?»“. Soundtimes.ru. 2020-yil 30-noyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2020-yil 20-dekabr.
  11. „MIA BOYKA & ЕГОР ШИП - ПИКАЧУ - YouTube“ (2020-yil 29-iyul). 2020-yil 17-dekabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2020-yil 15-dekabr.
  12. „‎‎‎‎Альбом «Пикачу - Single» (Mia Boyka & ЕГОР ШИП) в Apple Music“. Apple Music (2020-yil 30-iyun). 2021-yil 11-mayda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2020-yil 23-noyabr.
  13. „Mia Boyka & Egor Ship - Pikachu(listen to the song, watch the music video)“. 2020-yil 6-noyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2020-yil 24-noyabr.
  14. „Пустили в оборот: сколько блогеры тратят на производство и продвижение на YouTube“. Forbes.ru (2020-yil 28-oktyabr). 2020-yil 30-noyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2020-yil 15-dekabr.
  15. „‎Альбом «Gameboy (Remix) - Single» (Pasha Leem & ЕГОР ШИП) в Apple Music“. Apple Music (2020-yil 13-avgust). 2021-yil 11-mayda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2020-yil 23-noyabr.
  16. „‎Альбом «Не грусти - Single» (ЕГОР ШИП) в Apple Music“. Apple Music (2020-yil 17-sentyabr). 2021-yil 11-mayda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2020-yil 23-noyabr.
  17. „‎Альбом «Безалкогольное вино - Single» (ЕГОР ШИП & Ганвест) в Apple Music“. Apple Music (2020-yil 9-oktyabr). 2021-yil 11-mayda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2020-yil 23-noyabr.
  18. „Премьера: Егор Шип и Ганвест дропнули фит «Безалкогольное вино»“. ТНТ MUSIC (2020-yil 9-oktyabr). 2021-yil 2-martda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2020-yil 20-dekabr.
  19. „ГАНВЕСТ & ЕГОР ШИП - Безалкогольное вино - YouTube“ (2020-yil 9-oktyabr). 2021-yil 11-mayda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2020-yil 20-dekabr.
  20. „‎Альбом «Не влюблюсь - Single» (RUS & ЕГОР ШИП) в Apple Music“. Apple Music (2020-yil 12-noyabr). 2021-yil 11-mayda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2020-yil 23-noyabr.
  21. „Альбом «Невидимка - Single» (ЕГОР ШИП)“ (ru-ru). Apple Music. 2021-yil 11-mayda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2020-yil 2-dekabr.
  22. „Премьера клипа: Егор Шип — «Невидимка»“. ТНТ MUSIC (2020-yil 8-dekabr). 2021-yil 14-aprelda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2020-yil 20-dekabr.
  23. „ЕГОР ШИП - Невидимка (Премьера клипа, 2020) - YouTube“ (2020-yil 8-dekabr). 2020-yil 18-dekabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2020-yil 20-dekabr.
  24. Шеин, Владислав. „Егор Шип дебютировал на Black Star с клипом «Глаза фонари»“. ТНТ MUSIC (2021-yil 23-sentyabr). 2021-yil 24-sentyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2021-yil 24-sentyabr.
  25. „Егор Шип откровенно рассказал о романе с Валей Карнавал“. Попкейк (2020-yil 24-avgust). 2022-yil 8-yanvarda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2021-yil 24-sentyabr.
  26. Алиса Одинцова. „Девушка блогера Егора Шипа рассказала про их расставание в интервью“. SM News (2020-yil 11-sentyabr). 2021-yil 24-sentyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2021-yil 24-sentyabr.
  27. „Егор Шип о высказывании Дани Милохина помирить их с Валей Карнавал“. Музыка Первого (2020-yil 28-sentyabr). 2020-yil 25-oktyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2021-yil 24-sentyabr.