Yekaterinburgdagi F. M. Margelov haykali

F. M. Margelov haykali — Sovet harbiy qoʻmondoni, 1954-1959-va 1961-1979-yillarda SSSR Havo-desant kuchlari qoʻmondoni V. F. Margelovga, Yekaterinburgda, shaharning Kirov tumanidagi Sovet Armiyasi maydonida oʻrnatilgan.

Tarixi

tahrir

Yodgorlik majmuasi bronzadan quyilgan balandligi 2,2 m, poydevorga oʻrnatilgan Margelov haykali hamda Havo-desant kuchlarining faol boʻlinmalari va brigadalarining timsollari koʻrsatilgan 18 ta bronza taxtali granit platformadan iborat. Poydevorda yozuvli taxta bor.

SSSR QAHRAMONI

HDQ QOʻMONDONI

ARMIYA GENERALI

MARGELOV

VASILIY FILIPPOVICH

Yodgorlikni yaratish tashabbuskori va homiysi „Rossiya parashyutchilar ittifoqi“ Sverdlovsk viloyati tashkiloti raisi Yevgeniy Teterin boʻlgan[1].

Postamentning orqa tomonidagi lavhada aytilishicha, yodgorlik majmuasi 345-alohida havo-desant polki faxriylari ishtirokida qurilgan.

Yodgorlik haykaltarosh Aleksandr Kokoteyev tomonidan arxiv fotosuratlari asosida yaratilgan va Sankt-Peterburgda bronzadan quyilgan.

Yodgorlikning ochilishi Milliy birlik kuniga bagʻishlab 2016-yilning 4-noyabr kuni keng xalq yigʻilishi bilan boʻlib oʻtdi. Ochilish marosimida Yekaterinburg shahri maʼmuriyati rahbari Aleksandr Yakob, Markaziy harbiy okrug guruhi bosh inspektori Nikolay Tkachyov, Sverdlovsk viloyati gubernatorining jamoatchilik maslahatchisi Yuriy Sudakov, faxriylar ishi boʻyicha komissiya raisi Yevgeniy Teterin va boshqalar qatnashdi.

Manbalar

tahrir
  1. Елена Благинина. „В центре Екатеринбурга открыли памятник десантнику Василию Маргелову“ (ru). Комсомольская правда (2016-yil 4-noyabr). 2016-yil 7-noyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2017-yil 12-avgust.

Havolalar

tahrir