Yelizaveta Ivanovna Bikova (1913-yil 4-noyabr, Bogolyubovo qishlogʻi, hozirgi Vladimir viloyati — 1989-yil 8-mart, Moskva) shaxmat boʻyicha tarixda uchinchi jahon chempioni (1953-56, 1958-62), xizmat koʻrsatgan sport ustasi (1953), xalqaro grossmeyster (1976). Iqtisodchi. Jurnalist.

Yelizaveta Ivanovna
Yelizaveta Bykova Ivanovna

Tugʻilgan sanasi: 4 November 1913
Tugʻilgan joyi: Bogolyubovo, Vladimir Viloyati, Rossiya Imperiyasi
Vafot sanasi: 8-mart 1989-yil(1989-03-08)
(75 yoshda)
Vafot joyi: Moskva SSSR

Biografiya tahrir

U katta dehqon oilasida tugʻilgan (oʻn uchta boladan, faqat uchtasi tirik qolgan).

Boshlangʻich maktabni tugatgach, u Moskvaga akasi Vasiliyning oldiga koʻchib oʻtdi. U yerda birinchi marta shaxmat bilan tanishdi va 14 yoshida u maktab musobaqalarida qatnashdi. U Sergey Belavenets va Nikolay Ryuminlar bilan mashgʻulot oʻtkazgan. 1935-yilni Yelizaveta Bikovaning shaxmat tarjimai holining boshlanishi deb hisoblash mumkin[1].

U Moskva chempionatida birinchi muvaffaqiyatiga 1937-yil erishgan, oʻshanda u 3-oʻrinni oʻziniki qilgan. Keyinchalik u olti karra Moskva chempioni (1938-52-yillarda) va uch karra SSSR chempioni (1947, 1948, 1950) boʻlgan.

Ulugʻ Vatan urushi yillarida u matbaa korxonalarida ishlay boshladi, Moskva kasalxonalarida shaxmat oʻyinlari boʻyicha maʼruzalar oʻqidi, uning tashabbusi bilan shaxmatchilar kasalxonaga homiylik qilishgan.

1951-1961-yillarda Yelizaveta Bikovaga Odessa murabbiyi Efim Kogan ustozlik qilgan.

1953-yilda u jahon chempionligi uchun Lyudmila Rudenkoga qarshi bahsda 8:6 hisobida zafar quchgan. 1950-yillarning oxiri — 1960-yillarning boshlarida Moskvada u jahon chempionati uchun uchta oʻyin oʻtkazgan (1958 va 1960-yillarda Olga Rubtsova va Kira Zvorykina ustidan gʻalaba qozongan). 1962-yil oktabr oyida u Moskvada shaxmat tojini Nona Gaprindashviliga boy berdi -umumiy hisob 2:9 boʻlgan.

U 1970-yillarning oxirigacha Moskva turnirlarida qatnashgan.

U Xovanskiy qabristoniga dafn qilingan[2].

Mukofotlar tahrir

"Shon-sharaf belgisi" ordeni.

Bogolyubovoning faxriy fuqarosi.

Xotira tahrir

2012-yilda Vladimirda „Yelizaveta Bikova xotirasi“ tashabbus guruhi tashkil etilgan, uning maqsadi Bogolyubovo qishlogʻida shaxmatchining haykalini oʻrnatishdan iborat.

2013-yil FIDE tomonidan Yelizaveta Biykova yili deb eʼlon qilingan.[manba kerak]

Kitoblar tahrir

Manbalar tahrir