Yelmurat Toremuratovich Allamuratov (1960.1.3, Kegeyli tumani) — Oʻzbekiston Respublikasi xalq oʻqituvchisi (2005). Toshkent Davlat Universitetini tugatgan (1982). 1986-yildan Kegeyli tumanidagi 8-, 1987-yildan 4-maktabda geografiya oʻqituvchisi. Geografiya fani oʻquv rejasi asosida oʻquvchilarni Toshkent, Samarqand, Xiva shaharlari, Sulton Uvays togʻiga olib borib, sayohat dars oʻtadi. 8-sinf oʻquvchilari uchun „Qoraqalpogʻiston geografiyasi“ darsligi mualliflaridan biri.