Yerejep Aytmuratov
Yerejep Aytmuratov (1929-yilda tugʻilgan) – sovet iqtisodiy, davlat va siyosiy arbobi.
Yerejep Aytmuratov | |
---|---|
Qoraqalpogʻiston ASSR Vazirlar Soveti raisi | |
Mansab davri 1963-yil mart – 1981-yil 15-iyul | |
Oʻtmishdoshi | Qallibek Kamolov |
Vorisi | Marat Yusupov |
Shaxsiy maʼlumotlari | |
Tavalludi | 1929-yil |
Siyosiy partiyasi | KPSS |
Mukofotlari |
Tarjimai hol
tahrir1929-yilda tugʻilgan. 1955-yildan KPSS (b) aʼzosi.
1945-yildan – iqtisodiy, ijtimoiy va siyosiy ishlarda faoliyat koʻrsatgan. 1945-1986-yillarda Chimboy politexnika bilim yurti oʻqituvchisi, Oʻzbekiston SSR Fanlar akademiyasi Energetika instituti kichik ilmiy xodimi, Turkman kanali elektrotexnika muhandisi, Taxiatosh energetika tarmogʻi mexanik taʼmirlash elektrotexnika ustaxonasi rahbari, Oʻzbekiston Kompartiyasi Qoraqalpogʻiston viloyat qoʻmitasi transport boʻlimi, Qoraqalpogʻiston ASSR Vazirlar Soveti raisining oʻrinbosari, „Oʻzselxoztexnika“ Qoraqalpogʻiston birlashmasi raisi, Oʻzbekiston Kompartiyasi Xoʻjayli sanoat-ishlab chiqarish qoʻmitasi kotibi, Qoraqalpogʻiston ASSR Vazirlar Soveti Raisi, Oʻzbekiston Kompartiyasi Markaziy Komiteti kotibi
7-8-chaqiriq SSSR Oliy Soveti, 10-chaqiriq Oʻzbekiston SSR Oliy Soveti deputati etib saylangan.