Yer usti halqa yoʻli
Yer usti halqa yoʻli | |||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||
---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|
|
Halqa yoʻli — Toshkent metropoliteni yoʻllaridan biri. Toshkent shahri atrofidagi avtomobil halqa yo'liga monand tarzda qurilayotgani uchun ham shunday nomlangan. Birinchi bosqichi 2020-yil 29-avgustda yoʻlga qoʻyilgan. Bu yoʻl yana 4 bosqichda qurilishi rejalashtirilgan.[1]
Texnopark (avvalgi Doʻstlik-2) bekatidan Qoʻyliq bekatigacha boʻlgan mazkur yoʻnalish uzunligi 11 km boʻlib, 7 ta bekat (“Do'stlik-2” va ”Bekat-2,3,4,5,6,7”) barpo etilgan. Birinchi bekatdan oxirgisigacha 19 daqiqada yetib olish mumkin. Bu yoʻnalish kuniga 46,000 nafar yoʻlovchiga xizmat koʻrsatish imkoniyatiga ega.[2]
Bekatlar tahrir
Bekatlar milliy kolorit asosida, oʻziga xos dizaynda qurilgan. Ular yoʻlovchilarga qulaylik yaratuvchi zamonaviy texnologiyalar, yoʻl kira haqini elektron toʻlash imkonini beruvchi turniketlar, eskalator bilan jihozlangan.
Harakat tarkibi tahrir
Halqa yoʻlida 4 vagonli 5 ta poyezd harakatlanadi.
Kelajakdagi loyihalar tahrir
Yerusti Halqa yoʻli metrosi loyihasining umumiy qiymati 422 million AQSh dollaridan ziyod. Bu yoʻlning jami uzunligi qariyb 55 km boʻlib, bekatlari soni 35 ta boʻladi. Loyiha quyidagi 5 bosqichda amalga oshirilishi rejalashtirilgan:[3]
- 1-bosqich: Doʻstlik-2 bekatidan Qoʻyliq bozorigacha bo'lgan qism qurilib, foydalanishga topshirildi.
- 2-bosqich: Qoʻyliq bozori bilan Toshkent yerosti metrosining Olmazor bekati bogʻlanadi.
- 3-bosqich: Beruniy bekatigacha bo'lgan qism quriladi.
- 4-bosqich: Bodomzor bekatigacha boʻlgan qism quriladi.
- 5-bosqich: Halqa metro liniyasi yana Doʻstlik bekatiga ulanadi.[4]
Toshkent Metropolitenini kengaytirish loyihasi bilan tanishish mumkin.
Manbalar tahrir
- ↑ „Тошкент ерусти ҳалқа метросининг биринчи босқичи ишга тушди“. Kun.uz (29-avgust 2020-yil). Qaraldi: 27-may 2021-yil.
- ↑ „Ерусти метросининг “Дўстлик-2” – “Қўйлиқ” йўналиши 30 август куни очилади“. Kun.uz (30-avgust 2020-yil). Qaraldi: 27-may 2021-yil.
- ↑ „Замонавий технопарк, кенгаяётган метрополитен, қайта қурилаётган йўллар — Тошкентдаги янги лойиҳалар тақдим қилинди“. Kun.uz (31-avgust 2020-yil). Qaraldi: 27-may 2021-yil.
- ↑ „Видео: Тошкент ерусти метроси илк йўловчиларини қабул қилди“. Kun.uz (30-avgust 2020-yil). Qaraldi: 27-may 2021-yil.