Yesenin koʻchasi (Toshkent)
Yesenin koʻchasi — Shayxontohur tumanida, Oqtepa maydoni (Gulxaniy koʻchasi) va Mujrim-Obid koʻchasi oraligʻida joylashgan. Uzunligi 0,8 km. Shahar qurilishi jarayonida oʻtgan asrning 60-yillarida ochilgan. Rus shoiri Sergey Yesenin (1895-1925) nomiga qoʻyilgan[1].
Umumiy maʻlumotlar | |
---|---|
Mamlakat | Oʻzbekiston |
Shahar | Toshkent |
Tuman | Shayxontohur |
Uzunligi | 0.8 km |
Kim sharafiga nomlangan | Sergey Yesenin |
Kesishgan koʻchalar
tahrirKoʻchasining Samad Vurgʻun koʻchasi bilan kesishgan joyigacha eni 30 m, undan keyingi qismi eni 60 m — oʻrtadan yashil zona — xiyobon oʻtadi; xiyobonda baland archalar, chinor va boshqa manzarali daraxtlar bor. Xiyobon boshida 1997-yilda „Sanʼatkor“ kafe-toʻyxonasi qurildi. Uning yonida koʻcha boshiga pishiq gʻishtdan ramziy ark-darvoza bunyod etilgan. Xiyobonda „Choʻponota“ mahallasi „Oqtepa“ futbol klubining sport maydonchasi bor. Yesenin koʻchasi etagida qadimgi Chilonzor Oqtepasi oʻrin olgan.
Binolar
tahrirYesenin koʻchasi yoʻnalishida 2 va 4 qavatli turar joy binolari, yakka tartibdagi uylar, musiqa maktabi, goʻzallik saloni (koʻcha boshida), Shayxontohur ichki ishlar boshqarmasining „Choʻponota“ mahallasi tayanch punkti, choyxona, doʻkon va boshka bor. Koʻcha yaqinida Oqtepa kanali va Zax arigʻi, Shayxontohur elektr tarmoqlari shoxobchasi, Oʻzbekiston Respublikasi mahalliy sanoat korporatsiyasining „Oktepa“ sanoat-savdo jamoa korxonasi, „Choʻponota“ mahallasi guzari, „Forvard“ restorani, „Fotima va Zahro“ jome masjidi mavjud.
Yana qarang
tahrirManbalar
tahrir- ↑ Toshkent. Ensiklopediya, 2009-yil.