40°49′51″N 72°22′27″E / 40.83083°N 72.37417°E / 40.83083; 72.37417

Masjid
Yetti chinor jome masjidi
Mamlakat  Oʻzbekiston
Hudud Andijon viloyati
Shahar Xo‘jaobod tumani
Manzil Xo‘jaobod tumani markazi.
Yoʻnalishi sunniy
Mulkdor Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi va Oʻzbekiston musulmonlari idorasi
Masjid turi Jome masjid
Meʼmoriy uslub Islom meʼmorchiligi, sharqona
Binokorlik 19891990
Asosiy sana:
1990-yil
Soʻngi imom Maqsudali domla Qosimov
Maqomi Ishlaydi
Hajmi 1000 kishi
Qurilish materiali Gʻisht, beton, temir, marmar, yogʻoch, travertin
Holati Faoliyat yuritmoqda
Tarovih
Saharlik va iftorlik
Kutubxona


Yetti chinor jome masjidi – Andijon viloyati, Xoʻjaobod tumani Yetti chinor mahallasida joylashgan masjid[1]. 1993-yil 10-fevralda Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan roʻyxatga olingan[2]. 1990-yildan buyon faoliyat yuritib kelmoqda.

Qurilishi

tahrir

Masjid 1989-yil 5-may kunidan qurilishi boshlangan. Masjidning qurilishida bir qator usta va mahallalardan qatnashgan hasharchilar ishtirok etgan. Masjid qurilishi 1990-yilda bitkazilgan. Mazkur masjid betakror arxitekturaga ega. Masjid xonaqohlari va ayvoni yogʻochli ustundan iborat boʻlib, maxsus bezatilgan va hashamatli qilib ishlangan yogʻoch oʻymakorligi asosida qad rostlagan ustunlar bilan oʻzgacha goʻzallik aks etgan. Jome masjidining Xonaqoh va ayvonlarining shift qismlari pardozlashda naqqoshlik bezaklari bilan bezatilgan. Bu naqqoshlik bezak ishlari masjid xonaqohlariga milliylik salobatini aks ettirib turadi.[3]. Masjid Xoʻjaobod tuman markazida ulugʻ yoshda yettita chinor borligi sababli masjidga „Yetti chinor“ jome masjidi deb nom berilgan. „Yetti chinor“jome masjidi Madaniy meros obyekti sifatida davlat muhofazasiga olingan.

Masjidga uzoq yillarda buyon Maqsudali domla Qosimov imomlik qilib kelmoqda.

Manbalar

tahrir
  1. „Yetti chinor jome masjidi Qaralgan sana=26.10.2024“ (masjid.uz).
  2. „Yetti chinor jome masjidi ro‘yxatdan sanaQaralgan sana=26.10.2024“ (uzorg.info).
  3. „Masjidlar ro‘yxati Qaralgan sana=26.10.2024“ (old.muslim.uz).