Yetti pir - Buxoro viloyatining turli tumanlarida joylashgan, muqaddas ziyoratgohlar majmuasi, naqshbandiya tariqatining ketma-ket yetti halqasi. Bu halqa Xoja Abdulxoliq Gʻijduvoniydan boshlanib, Xoja Orif Revgariy, Xoja Mahmud Anjirfagʻnaviy, Xoja Ali Romitaniy, Xoja Muhammad Bobo Samosiy, Xoja Sayyid Amir Kulol orqali Xoja Bahouddin Naqshband bilan tugaydi. Sayyid Vasliy Samarqandiyning 1913 yili tojik tilida she’riy yoʻl bilan bitilgan «Nazm as-silsila» asarida yetti pir silsilasi va uning ketma - ketligi xaqida keltirilgan.

Oʻtgan asrlardan buyon yetti pir qabrini bir kunda yuqorida keltirilgan ketma-ketlikka qat’iy amal qilgan holda ziyorat qilish an’anasi shakllangan. Hattoki, ziyorratgohga kelgan xorijliklar ham shu an’anaga amal qilishadi. Faqat Xoja Bahouddin Naqshband qabriga oʻtishdan oldin shu majmuada joylashgan uning onasi qabrini ziyorat qilish qoidaga kiritilgan[1].

Manbalar

tahrir
  1. Usmonov, Olimov, Yo'ldashxo'djayev, Faxriddinov, To'ychiyeva, Jabborov, Cho'tmamatov, Rahimov, Komiljonova, Karimova, Nurmuhammedov, Erkaboyeva, Jurayev 2015, s. 73.

Adabiyotlar

tahrir
  • Usmonov I, Olimov S, Yo'ldashxo'djayev H, Faxriddinov Z, To'ychiyeva N, Jabborov N, Cho'tmatov J, Rahimov K, Komiljonova Z, Karimova S, Nurmuhammedov D, Erkaboyeva F, Jurayev O Turdiyeva D.. Tasavvuf atamalari. Movarounnahr nashriyoti, 2015 — 360-bet. ISBN 978-9943-12-346-5.