Yevgeniy Vladimirovich Kondratyev — (1946-yil 14- fevralda tugʻilgan — 1968-yil 3-sentyabrda vafot etgan) oʻq otish boʻyicha sovet sportchisi, miltiqdan otishga ixtisoslashgan, jahon va SSSR chempioni, Yevropa chempionati gʻolibi. SSSRning xalqaro toifadagi sport ustasi.

Yevgeniy Kondratyev
Shaxsiy maʼlumotlari
Jinsi Erkak
Fuqaroligi Sovet Ittifoqi SSSR
Tavallud sanasi 14-fevral 1946-yil
Vafot sanasi 3-sentabr 1968-yil
Sport
Qaysi sport miltiqdan oʻq otish (doira nishonga)
Sport mukofotlari
Jahon chempionati
Kumush Visbaden-1966-yil Jamoaviy isht.
Oltin Boloniya-1967-yil Umumjamoa isht.
Yevropa chempionati
Bronza Laxti-1966-yil Shaxsiy

Tarjimai holi tahrir

Yevgeniy Kondratyev yigirma yoshida otish boʻyicha milliy terma jamoaga aʼzo boʻlgan[1].

  • 1967-yilning aprel oyida Kondratyev Harbiy ov jamiyati (SSVVOO

Rossiya) tomonidan oʻq otish poligonida ov miltiqlaridan otish boʻyicha oʻtkazilgan xalqaro musobaqada ikkinchi oʻrinni egallagan (200 ta nishondan 194 tasini urgan)[2].

  • Yevgeniy Kondratyev 1968-yilda Mexiko shahri boʻlib oʻtishi

rejalashtirilayotgan Olimpiada oldidan oʻtkazilayotgan mashgʻulot jarayonida milliy terma jamoadagi hamkasbi Igor Bakalov tomonidan tasodifiy ravishda otib qoʻyilgan va halok boʻlgan. Voqea joyida boʻlgan guvohlarning soʻzlariga koʻra, Bakalov xavfsizlik boʻyicha belgilangan koʻrsatmalar asosida omborda merganlar uchun allaqachon tayyorlab qoʻyilgan toʻpponchani oladi va uni tashqariga olib chiqishi taqiqlanligi sabab shu yerning oʻzida sinovdan oʻtkazmoqchi boʻladi[3]. Atrofida boshqa odamlar borligi uchun sportchi qurolni hech kim yoʻq boʻlgan tomon — yaʼni eshik tarafga qarab yoʻnaltiradi. Oʻsha vaziyatda tasodifan Kondratyev qurol-yarogʻ omboriga kirib qoladi va Bakalovning otgan oʻqi unga kelib tegadi. Bakalov oʻz pozitsiyasidan uni koʻrmay qolgan[4].

Kondratyev Toshkentdagi 1-qabristonga dafn etilgan.

Sportchi xotirasiga bagʻishlab har yili Toshkent shahrida Ye. Kondratyev nomidagi xotira kechasi uchun tanlov oʻtkazilib kelinadi.

Sportdagi yutuqlari tahrir

  • 1967-yili Jamoaviy hisobda jahon chempioni;
  • 1966-yili Umumjamoa hisobida jahon chempionatining kumush medali sovrindori;
  • 1966-yili yakkalik bahslarda Yevropa chempionatining bronza medali sovrindori;
  • Oʻsmirlar oʻrtasida uch karra Yevropa chempioni;
  • SSSR chempioni;
  • SSSR kubogi gʻolibi.

Manbalar tahrir

  1. S. Losev. Legendi sovetskogo stendovogo sporta (Chast 9) // jurnal „Master-rujyo“, № 11 (140), noyabr 2008
  2. Mejdunarodnie sorevnovaniya po strelkovo-oxotnichemu sportu // jurnal „Oxota i oxotniche xozyaystvo“, № 8, 1967. str.29
  3. „Игорь Бакалов — «Недолет стрельца»“. Федерация стрельбы Украины. 2012-yil 23-noyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2012-yil 7-iyun.
  4. „Кондратьев Евгений Владимирович (1946–1968)“. Спортивный некрополь. 2012-yil 25-dekabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2012-yil 21-iyun.

Havolalar tahrir