Yevgeniy Konstantinovich Kovalenko (1950-yil 3-yanvar, Toshkent) – sovet basketbolchisi. Boʻyi – 198 sm. SSSR xalqaro toifadagi sport ustasi (1971). Rossiyada faoliyat olib borgan murabbiy (1990)[1].

Yevgeniy Kovalenko
Shaxsiy maʼlumotlari
Tavallud sanasi 3-yanvar 1950-yil
Toshkent, OʻzSSR, SSSR
Boʻyi 198 sm
Vazni 92 kg

Biografiyasi tahrir

Yevgeniy Kovalenko 1968–1969-yilgi mavsumda „Universitet“ jamoasiga qoʻshiladi (Toshkent), 1970–1981-yillarda SSKA klubida oʻynagan. U klubdagi va SSSR terma jamoasidagi oʻyinlari davomida tajribali snayper sifatida shuhrat qozondi.

Kovalenko 1981-yildan 1983-yilgacha SSKA murabbiy-metodisti boʻlib xizmat qilgan[2]. 1983-yilda Madagaskar oroliga joʻnab ketdi. U yerda mamlakat chempioni boʻlgan „KOSFAP“ erkaklar basketbol jamoasining bosh murabbiyi boʻlib ishlagan (1983–1986). Madagaskar xizmatlari uchun ordeni bilan taqdirlangan. 1986-yilda vataniga qaytgach, SSKA erkaklar basketbol jamoasining murabbiyi boʻlgan[3] (1999-yilgacha).

Yevgeniy Konstantinovich SSKA jamoasida murabbiy boʻlib ishlab, uch marta SSSR chempioni, olti marta Rossiya chempioni va birinchi Jahon Harbiy Olimpiya oʻyinlari chempioni boʻlgan. Jamoa bilan birgalikda uch marta Yevroliganing chorak finaliga chiqgan. Yevgeniy 1996-yil Parijda boʻlib oʻtgan Yevroliga finalida ishtirok etgan va uning jamoasi 3-oʻrinni egallagan.

Yevgeniy Konstantinovich Rossiya oʻsmirlar terma jamoasi bosh murabbiyi (19921995; 1993 – Turkiyadagi Yevropa chempionatining bronza medali sovrindori). 1999-yildan 2001-yilgacha „Unics“ erkaklar basketbol jamoasining bosh murabbiyi boʻlgan. Jamoa 2000–2001-yilgi mavsumda tarixda birinchi marta Rossiya chempionatida bronza medallarini qoʻlga kiritdi. Yevgeniy 20012003-yillarda „Spartak“ erkaklar basketbol jamoasi (Sankt-Peterburg) bosh murabbiyi boʻlgan. 20042005-yillarda „Dinamo“ jamoasi bosh murabbiyi boʻlib faoliyat yuritgan. Jamoa ikkita mavsum davomida ikki bora FIBA kubogi finaliga chiqqan.

Kovalenko Moskva davlat universitetining jurnalistika fakultetini tamomlagan (1978).

Manbalar tahrir

  1. „Коваленко Евгений Константинович“. Qaraldi: 2023-yil 1-noyabr.
  2. „ЕВГЕНИЙ КОНСТАНТИНОВИЧ КОВАЛЕНКО“. Qaraldi: 2023-yil 1-noyabr.
  3. „КОВАЛЕНКО Евгений Константинович“. Qaraldi: 2023-yil 1-noyabr.