Yevgeniy Vladimirovich Makeyev (Евгений Владимирович Макеев ; 1989-yil 24-iyulda tugʻilgan) — Rossiya futbol assotsiatsiyasining oʻyinchisi, Moskvaning Veles klubida chap qanot yoki markaziy himoyachi sifatida oʻynaydi.

Yevgeniy Makeyev
Shaxsiy maʼlumot
Toʻliq ismi Yevgeniy Vladimirovich Makeyev
Tavallud sanasi 24-iyul 1989-yil (1989-07-24) (34 yosh)
Tavallud joyi Cherepovets, RSFSR
Boʻyi 1.82 m
Ampluasi Himoyachi
Klub maʼlumoti
Joriy klub
Veles Moscow
Raqami 34
Yoshligida aʼzo boʻlgan klublar
Severstal Cherepovets
Professional faoliyati*
Yillar Jamoa Isht. (Gol.)
2006-2007 Sheksna Cherepovets 42 (2)
2007-2017 Spartak Moscow 165 (3)
2014-2017Spartak-2 Moscow 6 (1)
2017-2018 Rostov 16 (0)
2018 Sochi 7 (0)
2019 Rotor Volgograd 4 (0)
2019-2020 Ararat Yerevan 8 (0)
2021 Metallurg Bekabad 4 (0)
2021- Veles Moscow 24 (0)
Milliy terma jamoa
2009-2010 Rossiya U-21 11 (0)
2011 Rossiya-2 3 (0)
2011-2015 Rossiya 3 (0)
*Professional klublardagi gollari (ichki chempionat)
(2022-yil 21-may uchun)

Jamoalardagi faoliyati tahrir

U 2009-yilning 15-martida Sankt-Peterburgning „Zenit“ klubiga qarshi oʻyinda futbol boʻyicha Rossiya Premer-ligasida debyut qilgan[1].

Makeyev ikkala qanotda yarim himoyachi sifatida oʻynay oladi, lekin u asosan chap qanot himoyachisi sifatida maydonga tushiriladi.

2010-yil 15-sentabr kuni Chempionlar ligasi doirasida Fransiyaning '' Marsel '' klubiga qarshi oʻyin oʻtkazgan.

2014-yil 5-sentabr kuni „Spartak“ klubi stadionining ochilish oʻyinida, Murat Yakin boshchiligida „Spartak“ Serbiyaning „Srvena Zvezda“ jamoasi bilan durang oʻynagan (1:1). Oʻsha oʻyinda Makeyev asosiy tarkibda maydonga tushgan.

U 2018-yil 23-avgustda „Rostov“ bilan shartnomasidan jamoa bilan o‘zaro kelishuvga koʻra ozod qilingan.

2019-yil 15-fevralda u Volgogradning Rotor klubi bilan shartnoma imzolagan.

2019-yil 4-iyulda u Armanistonning "Ararat Yerevan " klubi bilan bir yillik shartnoma imzolagan[2].

2020-yil 23-sentabrda u „Rosich“ havaskorlar klubida debyut qilgan.

Xalqaro karyera tahrir

Makeyev 2011-yilda 21 yoshgacha boʻlganlar oʻrtasidagi Yevropa chempionati saralashida ishtirok etgan Rossiya U-21 terma jamoasining asosoiy tarkibida oʻynagan[3].

2011-yil mart oyida u birinchi marta futbol boʻyicha Rossiya terma jamoasiga chaqiruv olgan[4]. U milliy terma jamoadagi debyutini 2011-yilning 29-martida Yuriy Jirkovning oʻrniga oʻyinning ikkinchi yarmida zahiradan maydonga tushganidan soʻng Qatarga qarshi oʻrtoqlik uchrashuvida oʻtkazgan. 2014-yilning 18-noyabrida Vengriyaga qarshi oʻrtoqlik oʻyinida yana terma jamoa safida maydonga tushgan.

Shaxsiy hayot tahrir

Uning otasi Vladimir Makeyev 1990-yillarda Rossiya birinchi ligasida "Jemchujina Sochi ", „Baltika Kaliningrad“ va „Chkalovets Novosibirsk“ klublarida oʻynagan.

Karyera statistikasi tahrir

Klub tahrir

Klub Mavsum Liga Kubok Qitʼa Jami
Divizion Oʻyin Gol Oʻyin Gol Oʻyin Gol Oʻyin Gol
Sheksna Cherepovets 2006 PFL 28 1 1 0 - 29 1
2007 14 1 1 0 - 15 1
Jami 42 2 2 0 0 0 44 2
Spartak Moscow 2007 RPL 0 0 0 0 0 0 0 0
2008 0 0 0 0 0 0 0 0
2009 20 2 2 1 - 22 3
2010 22 0 1 0 6 0 29 0
2011-12 35 1 4 0 7 0 46 1
2012-13 22 0 2 0 7 0 31 0
2013-14 24 0 2 0 2 0 28 0
2014-15 25 0 2 0 - 27 0
2015-16 15 0 1 0 - 16 0
2016-17 2 0 0 0 1 0 3 0
Jami 165 3 14 1 23 0 202 4
Spartak-2 Moscow 2014-15 PFL 1 0 - - 1 0
2016-17 FNL 5 1 - - 5 1
Jami 6 1 0 0 0 0 6 1
Rostov 2017-18 RPL 16 0 2 0 - 18 0
Sochi 2018-19 FNL 7 0 0 0 - 7 0
Rotor Volgograd 2018-19 FNL 4 0 2 0 - 4 0
Ararat Yerevan 2019-20 Amaniston premier ligasi 8 0 0 0 - 8 0
Metallurg Bekabad 2021 Oʻzbekiston Super Ligasi 2 0 0 0 - 2 0
Karyerada jami 250 6 18 1 23 0 291 7

Yutuqlar tahrir

Spartak tahrir

  • Rossiya chempionati 2017
  • Rossiya chempionatining kumush medal sovrindori (2) 2009 2012

Spartak 2 tahrir

  • Gʻarb mintaqasida PFL gʻolibi 2014/15

Shahsiy yutuqlar tahrir

  • Rossiya chempionatining eng yaxshi 33 futbolchisi № 3 (2010)

Manbalar tahrir