Yevgeniy Petin
Shaxsiy ma'lumotlar | |
---|---|
Millati | Oʻzbekiston |
Tug'ilishi | 1975-yil 29-yanvar[1] (47 yosh) |
Balandligi | Andoza:Infobox shaxs/balandligi |
o'g'irligi | 71 kg (157 lb) |
Sport | |
Sport | Yengil atletika |
Evgeniy Vladimirovich Petin (1975-yil 29-yanvar) — uch hatlab sakrash va uzunlikka sakrash bo‘yicha o‘zbekistolik yengil atletikachisi. 1996—2000-yillardagi Yozgi Olimpiya o‘yinlarida ishtirok etgan.
Tarjimai holi
tahrirEvgeniy Petin 1975-yil 29-yanvarda tugʻilgan.
U 1996-yili Atlantadagi yozgi Olimpiya o‘yinlarida O‘zbekiston terma jamoasi tarkibiga kiradi. Uch hatlab sakrash bo‘yicha saralash bahslarida Petin 15,89 metr natija bilan 38-o‘rinni egalladi[2].
Yevgeniy 1997-yilda Afinada o‘tkazilgan jahon chempionatida uch hatlab sakrash bo‘yicha ishtirok etib, (16,13 natija bilan) 32-o‘ringa chiqadi.
1998-yilda Bangkokdagi yozgi Osiyo o‘yinlarida ishtirok etadi. U uch hatlab sakrash bahslarida bronza medali sohibi tailandlik Nattaporn Namkanxega 29 santimetrni boy berib, (16,13 natija qayd etib) 5-o‘rinni tutadi. Uzunlikka sakrashda 7,35 metr natija ko‘rsatib finalga chiqadi, biroq negadir unda ishtirok etmaydi.
2000-yilgi Sidneyda bo‘lib o‘tgan yozgi Olimpiya o‘yinlarida O‘zbekiston terma jamoasi tarkibiga qo‘shiladi. Uch hatlab sakrash bo‘yicha saralashda (15,27 naija bilan) u 34-o‘rinni egallaydi.
O‘sha yili Jakartada o‘tkazilgan Osiyo chempionatida (15,53 natija ko‘rsatib) 10-o‘rinni egalladi.
shaxsiy rekordlari
tahrirManbalar
tahrir- ↑ Yevgeniy Petin // Mirovaya lyogkaya atletika — 1912.
- ↑ Yevgeny Petin Bio, Stats, and Results | Olympics at Sports-Reference.com. web.archive.org (18 aprelya 2020). Data obraщeniya: 26 avgusta 2020.
- ↑ Yevgeniy PETIN | Profile. www.worldathletics.org. Data obraщeniya: 26 avgusta 2020.