Yevgeniya Borisovna Kosigina (ruscha: Евгения Борисовна Косыгина; 1995-yil 20-martda tugʻilgan) — muz ustida raqs boʻyicha musobaqalarda qatnashgan rossiyalik sobiq figurali uchuvchi. Sherigi Nikolay Moroshkin bilan bilan birga Xalqaro konkida uchishn ittifoqi tominidan oʻtkazilgan Oʻsmirlar oʻrtasidagi Gran-pri turnirida oltita medalni qoʻlga kiritgan va uch marta oʻsmirlar oʻrtasidagi jahon chempionatida kuchli oʻntalikka kirgan.

Yvgeniya Kosigina
Shaxsiy maʼlumotlari
Toʻliq ismi Yvgeniya Borisovna Kosigina
Davlat Rossiya
Tavalludi 20-mart 1995-yil (1995-03-20) (29 yosh)
Odintsovo
Boʻyi 1.60 m (5 ft 3 in)
Sherigi Nikolay Moroshkin
Murabbiyi Oleg Sudakov
Jamoasi UOR No. 4 Tolyatti
Winter Sport Center Odintsovo
Uchishni boshlagan 2000
Shaxsiy rekordlari
Raqs (umumiy natija) 135.24
Qisqa raqs 59.44
Erkin raqs 81.62

Faoliyati tahrir

Yevgeniya Kosigina Moroshkin bilan 2010-yil iyun oyida juftlikda konkida uchishni boshlagan.

2010—2011-yilgi mavsumda Kosigina / Moroshkin juftligi Fransiyaning Kurchevel shahrida bo‘lib o‘tgan oʻzlarining birinchi oʻsmirlar oʻrtasidagi Gran-pri musobaqasida bronza medalini qo‘lga kiritgan. Germaniyaning Drezden shahrida oʻtkazilgan ikkinchi musobaqada ular oltin medalni qoʻlga kiritgan. Ushbu medallar juftlikka oʻsmirlar oʻrtasidagi Gran-pri finaliga yoʻllanma bergan va juftlik musobaqada qatnashib oltinchi oʻrinni egallagan. 2011-yilgi oʻsmirlar oʻrtasidagi Rossiya chempionatida Kosigina / Moroshkin juftligi bronza medalini qoʻlga kiritgan, keyin esa 2011-yilgi oʻsmirlar oʻrtasidagi jahon chempionatida oltinchi oʻrinni egallagan.

Kosigina / Moroshkin 2011 — 2012-yilgi oʻsmirlar oʻrtasidagi Gran-pri turnirida qatnashib, Latviyada oʻtkazilgan guruhda kumush, Estoniyada esa bronza medalini qoʻlga kiritgan. Juftlik2012-yilgi oʻsmirlar oʻrtasidagi Rossiya chempionatida beshinchi oʻrinni egallagan va oʻsmirlar oʻrtasidagi jahon chempionatiga yoʻllanmani qoʻlga kirita olmagan.

Kosigina / Moroshkin juftligi 2012 — 2013-yilgi mavsumga tayyorgarlik jarayonida murabbiy Igor Shpilbanddan qoʻshimcha darslar olgan. Juftlik Nyu-Yorkning Lake Plasid va Xorvatiyaning Zagreb shaharlarida o‘tkazilgan musobaqalarda bir juft kumush medalni qo‘lga kiritgan va Rossiyaning Sochi shahrida bo‘lib o‘tgan oʻsmirlar oʻrtasidagi finalda oltinchi o‘rinni egallagan. Keyin ular 2013-yilgi oʻsmirlar oʻrtasidagi Rossiya chempionatida kumush medalni qoʻlga kiritgan va 2013-yilgi oʻsmirlar oʻrtasidagi jahon chempionatida oltinchi oʻrinni egallaganlar[1][2].

Dasturlari tahrir

(Moroshkin bilan)

Mavsum Qisqa raqs Erkin raqs
2014 — 2015

  • Malagueña
  • Connie Francis
  • España cañí
  • Vai vedrai
  • Balade Au Bout D’une Échelle
2013 — 2014

  • Bei mir bist du schoen
    Puppini Sisters
  • Juke Box
    Dimie Cat
  • Bei mir bist du schoen
  • Puppini Sisters
  • Flamenco
  • Oblivion
    Astor Piazzolla
2012 — 2013

Blues and swing:
  • Capone
    Ronan Hardiman
2011 — 2012

  • Chilly Cha Cha
  • ?
  • Walpurgisnight
2010 — 2011

  • Shar Goluboy

    (ruscha: шар голубой)

Natijalari tahrir

CS: Challenger seriyasi ; JGP: oʻsmirlar oʻrtasidagi Gran-pri

Kosigina bilan tahrir

Xalqaro
Musobaqa 10/11 11/12 12/13 13/14 14/15
Qishki Universiada 4
CS Golden Spin of Zagreb (Zagrebning oltin konkisi) 5
CS Warsaw Cup 4
Muz yulduzi 2
Xalqaro: oʻsmirlar
Jahon chemp. 6 6 9
JGP finali 6 6
JGP Xorvatiya 2
JGP Estoniya 3
JGP Fransiya 3
JGP Germaniya 1
JGP Latviya 2
JGP Polsha 4
JGP Amerika Qoʻshma Shtatlari 2
Istanbul kubogi 2-J
Milliy
Rossiya chemp. 6
Rossiya oʻrtasidagi oʻsmirlar chemp. 3 5 2 4
J = oʻsmirlar darajasi

Manbalar tahrir

  1. „ISU Junior Grand Prix of Figure Skating 2010/2011 Junior Ice Dance“. International Skating Union.
  2. Ermolina, Olga. „Ermolina Olga“ (Russian). Russian Figure Skating Federation (2014-yil 6-mart). 2014-yil 6-martda asl nusxadan arxivlangan.