Atom Energiyasi boʻyicha Yevropa Agentligi

(Yevratomdan yoʻnaltirildi)

Atom Energiyasi boʻyicha Yevropa Agentligi (AEYA) — Iqtisodiy hamkorlik va rivojlanish tashkiloti (IHRT) aʼzolari boʻlgan Gʻarbiy Yevropa mamlakatlarining atom sanoati sohasidagi birlashmasi. U 1957-yil dekabrda tuzilgan. Atom Energiyasi boʻyicha Yevropa Agentligining oʻz ustavi, rahbar qoʻmitasi (Parijda joylashgan) va xalqaro kotibiyati bor. Atom Energiyasi boʻyicha Yevropa Agentligi faoliyati atom korxonalarini birgalikda qurishga, oʻzaro ilmiy-texnika hamtsorligini rivojlantirishga, Atom Energiyasidan foydalanish masalalarida milliy qonun va tartiblarni kelishib olishga qaratilgan. U Atom Energiyasi bo`yicha Yevropa Hamkorligi (AEYH) bilan yaqin aloqada[1].

Manbalar tahrir

  1. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent 2000-yil