"Yevropa sugʻurtasi" (inglizcha: Insurance Europe) 2012-yil martigacha tashkilot Yevropa sugʻurta qoʻmitasi (yoki Yevropaning sugʻurta boʻyicha qoʻmitasi, shuningdek, Yevropa sugʻurtachilar qoʻmitasi — fransuzcha: Comité Europeen des Assurance (CEA), inglizcha: European Insurance Committee (EIC) Yevropadagi 37 ta milliy sugʻurta va qayta sugʻurta assotsiatsiyasini birlashtirgan xalqaro tashkilot. 1953-yilda tashkil etilgan. Bosh qarorgohi Belgiyaning Bryussel shahrida joylashgan. „Yevropa sugʻurtasi“ oʻzida 34 ta milliy sugʻurtalovchilar va qayta sugʻurtalovchilar assotsiatsiyasini birlashtiradi, bu Yevropada yigʻilgan barcha sugʻurta mukofotlarining 95% ni tashkil qiladi[1][2].

„Yevropa sugʻurtasi“ ning asosiy vazifasi barcha turdagi sugʻurta va qayta sugʻurtalash kompaniyalarining manfaatlarini ifodalash hamda faoliyatini muvofiqlashtirishdan iboratdir. Shu bilan birga, komissiya quyidagi vazifalarni ham bajaradi:

  • Sugʻurta nazariyasi va amaliyoti boʻyicha maʼlumotlar taqdim etish;
  • Sugʻurta va qayta sugʻurtalash sohasigi oid ilmiy tadqiqotlarni ragʻbatlantirish;
  • Ishtirokchi davlatlarning milliy qonunchiligini uygʻunlashtirish;
  • Xalqaro tashkilotlarda qo‘mita aʼzolarining manfaatlarini himoya qilish.

„Yevropa sugʻurtasi“ doirasida ixtisoslashtirilgan boʻlimlar ishlaydi (inglizcha: commitee)[3]:

  • hayot sugʻurtasi;
  • „hayotdan tashqari“ sugʻurta — hayot sugʻurtasi bilan bogʻliq boʻlmagan sugʻurta turlari;
  • tibbiy sugʻurta;
  • xalqaro munosabatlar va qayta sugʻurtalash;
  • oʻzaro sugʻurta;
  • iqtisodiyot va moliya;
  • soliqqa tortish;
  • statistika;
  • ijtimoiy munosabatlar va taʼlim.

Oliy organ — yillik Bosh Assambleya hisoblanadi.

Butunrossiya sugʻurtachilar ittifoqi 2004-yilda Yevropa sugʻurta qoʻmitasiga aʼzo boʻlgan[4].

Havolalar

tahrir

Manbalar

tahrir
  1. Ефимов С.Л. „Европейский страховой комитет“, . Энциклопедический словарь. Экономика и страхование. М.: Церих-ПЭЛ, 1996 — 144—145-bet. ISBN 5-87811-016-4. 
  2. „About the Insurance Europe“ (en). Insurance Europe. 2013-yil 17-oktyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2013-yil 15-sentyabr.
  3. „Working bodies“ (en) (deadlink). Insurance Europe. 2013-yil 17-oktyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2013-yil 15-sentyabr.
  4. „ВСС стал членом Европейского комитета страховщиков“ (ru). Страхование сегодня. 2013-yil 11-dekabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2010-yil 14-oktyabr.