Yevtifron dilemmasi Aflotunning Yevtifron dialogida eslatilgan falsafiy dilemmadir. Dialogda Suqrot Yevtifrondan „taqvodorni xudolar uning taqvodorligi uchun sevishadimi yoki u xudolar sevgani uchun taqvodormi?“ deb soʻraydi.[1] Zamonaviy teologiyada beriladigan shakli quyidagicha:

Axloq xudo tomonidan buyurilgani uchun axloqmi, yoki axloq boʻlgani uchun xudo tomonidan buyurilganmi?

  • Bu dilemmaning birinchi iddaosidan axloqni xudo(lar) oʻylab topishi, yaʼni axloq shunchaki xudo(lar)ning xarxashasi boʻlishi mumkinligi xulosasi kelib chiqadi.
  • Bu dilemmaning ikkinchi iddaosidan axloq hech qanday xudo(lar)siz ham mavjud ekanligi xulosasi kelib chiqadi.

Yevtifron dilemmasi axloqning dindan mustaqilligini koʻrsatish uchun ishlatiladi.[2]

Manbalar

tahrir
  1. Aflotun. <span lang="rus." xml:lang="rus.">„Евтифрон“ (rus.). philosophy.ru.
  2. Julian Baggini. <span lang="ingl." xml:lang="ingl.">„Atheist ethics“ (ingl.).