Yeyishga nonlari bo‘lmasa, shirin kulcha yesinlar!
"Yeyishga nonlari boʻlmasa, shirin kulcha yesinlar!" (fransuzcha: «Qu’ils mangent de la brioche „brioches yesinlar“) — monarxlarning xalq muammolaridan uzoqlashib ketganligini anglatuvchi fransuzcha ramziy ibora. Bu ibora Mariya Antuanettaga tegishli, ammo uni birinchi marta Jean-Jacques Rousseau oʻz nutqida qoʻllagan degan taxminlar ham mavjud.
Iboraning paydo boʻlish tarixi
tahrirUshbu ibora birinchi marta Jean-Jacques Rousseau tomonidan (1766-1770) tilga olingan. Biroq, u hozirgi davrda tushuniladigan maʼnodan biroz yiroq boʻlgan. Russeauning soʻzlariga koʻra, bu iborani yosh fransuz malikasi aytgan, keyinchalik mashhur mish-mishlar va koʻplab tarixchilar yozuvlaridan bu malika Mari-Antuanetta (1755-1793) ekanligi maʼlum boʻlgan.
Non topish uchun nima qilish kerak?
Men hech qachon o'zim non sotib olishga jur'at etolmasdim. Amaldor odam belida qilich bilan non sotib olishga borishi aqlga sig'maydi. Esimda, bir malika bu masalaga antiqa yechim topgandi: unga dehqonlarda yeyishga non qolmaganligini aytishganida u "nonlari bo'lmasa, shirin kulcha yeyishsin" deb javob bergandi. Bu gapdan keyin men ham shirin kulcha sotib olishni boshladim. Ammo, shirin kulcha topish non topishdan qiyinroq. Kulcha olish uchun uydan chiqib ketganimdan so'ng, men butun shaharni aylanib chiqdim, bitta kulchani topguncha kamida o'ttizta qandolat do'konidan o'tdim.
– Jean Jacques Russeau
Baʼzi manbalar iqtibos muallifligini boshqa fransuz qirolichasi — Maria Theresia bilan bogʻlaydi, u buni Louis XVIning rafiqasidan yuz yil oldin aytgan deb taxmin qilinadi. Xususan, Provans grafi bu haqda oʻz xotiralarida ham aytib oʻtgan. 18-asrning boshqa memuaristlari bu iborani ilk mualliflari sifatida Louis XV ning qizlarini koʻrsatishadi[1].
Xitoy tarixida shunga oʻxshash afsona bor: „Szin Kitobi“ (易經) da yozilishicha, Szin sulolasi imperatori Huìdìga mamlakatdagi tartibsizliklar tufayli xalq guruchsiz qolgani va ochlikdan oʻlishayotganini xabar qilishadi. Imperator esa, bunga javoban: Guruchlari yoʻq boʻlsa, goʻshtli qiyma yeyishsa boʻlmaydimi?" deb javob beradi[2].
Havolalar
tahrir- ↑ Фрэзер А.. Мария-Антуанетта. Жизненный путь. М.: Хранитель, 2007 — 182—183-bet.
- ↑ „晉書/卷004 — 维基文库,自由的图书馆“ (zh). zh.wikisource.org. 2020-yil 25-aprelda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2021-yil 24-fevral.