Yigitali Tursunnazarov
Yigitali Tursunnazarov (1941. 13.3, Fargʻona viloyatidagi Rapqon qishlogʻi) — rangtasvir ustasi, Oʻzbekiston Badiiyot akadimyasi akademik (1999). Toshkent teatr va rassomlik sanʼati institutini tugatgan (1973). 1973-yildan Benkov nomidagi Respublika rassomlik bilim yurtida, 1999-yildan Kamoliddin Bex.zod nomidagi Milliy rassomlik va dizayn institutida pedagog. T. romannavis rassom — epik asarlar ustasi sifatida tanilgan. Teran fikrli zamondoshlari obrazlarini yaratdi. "Xayol", "Abdurazzoq ota Ikromov", "Soʻnggi maktub", "Ikkinchi jahon urushi qatnashchisi Ahmadjon Shukurov", "Shoira", "Zamondoshlarim", "Suv haqida doston" uchligi shular jumlasidan. Mustaqillikdan soʻng buyuk ajdodlar siymolarini yaratdi (jumladan, "Sohibqiron Amir Temur" uchligi; "Sohibqiron portreti" — Shvetsiyada chop etilgan Amir Temur haqidagi kitob muqovasidan oʻrin olgan). T. asarlari respublika va xorijiy mamlakatlar (Rossiya, Hindiston, Angliya va boshqalar)dagi koʻrgazmalarda namoyish etildi, shaxsiy koʻrgazmalari tashkil qilingan. Hamza nomidagi Oʻzbekiston Davlat mukofoti laureati (1989).[1]
Manbalar
tahrirUshbu maqolada Oʻzbekiston milliy ensiklopediyasi (2000-2005) maʼlumotlaridan foydalanilgan. |
Bu andozani aniqrogʻiga almashtirish kerak. |