Karim Yoʻldoshevich Yoʻldoshev

(Yo'ldoshev Karim Yo'ldoshevichdan yoʻnaltirildi)

Karim Yoʻldoshevich Yoʻldoshev (1933.10.5-Toshkent - 1999.22.10) -kardiolog, Oʻzbekiston Fanlar akademiyasi akademik (1995), Oʻzbekistonda xizmat koʻrsatgan fan arbobi (1983). Tibbiyot fanlari doktori (1971), professor (1972), Toshkent tibbiyot akademiyasini tugatgan (1957). Toshkent vrachlar malakasini oshirish institutikardiologiya va funksional diagnostika kafedrasi mudiri (1973-yildan), Oʻzbekiston Respublikasi Sogʻliqni saqlash vaziri oʻrinbosari (1973—82), Oʻzbekiston Sogʻliqni saqlash vazirligi Salomatlikni tiklash va fizioterapiya ilmiy tadqiqot instituti direktori (1988-yildan), Oʻzbekiston Fanlar akademiyasi Prezidiumi aʼzosi (1996-yildan) va tibbiyot fanlari boʻlimi raisi (1996 — 98), Y. ichki aʼzolar klinik fiziologiyasi va patologiyasi, kardiologiya, gastroenterologiya, pulmonologiya, farmakoterapiya va salomatlikni tiklash muammolari ustida tadqiqot olib borgan. Y. rahbarligida yurak-qon tomir, nerv, ovqat hazm qilish sistemalari, nafas aʼzolari, tayanch-harakat apparati kasallangan bemorlar sogʻligʻini tiklash maqsadida organizmdagi aʼzolar va sistemalar funksiyasining maʼromiga fizik omillar taʼsiri oʻrganildi. U Sharq tabobati markazini tashkil etib, uning faoliyatiga rahbarlik qildi. Rossiya tibbiyot Fanlar akademiyasi muxbir aʼzosi (1991).[1]

Manbalar

tahrir
  1. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil