Yo-Yo Rodriges, Slingshot nomi bilan ham tanilgan — "Marvel Comics" Amerika nashriyoti komikslarida paydo boʻladigan super qahramon. U shuningdek, „Sh.I.T agentlari“ teleseriali va uning spin-offi „Sh.I.T Agentlari: Yo-Yo“da ham suratga tushgan, bu yerda uning rolini Natalia Cordova-Buckley oʻynagan[1].

Nashr tarixi tahrir

Yozuvchi Brian Michael Bendis va rassom Alex Maleev tomonidan yaratilgan Yo-Yo Rodriguez birinchi marta Nev Avengers №#13 (2008-yil iyul) komiksida paydo boʻlgan.

Oʻylab topilgan biografiya tahrir

Yo-Yo Rodriguez — super yovuz Griffinning Puerto-Rikolik qizi. U Nick Fury tomonidan yollanadi va uning Skrullarga[2] qarshi jamoasiga qoʻshiladi. Bu jamoa Yashirin jangchilar[3] nomi bilan mashhur boʻladi.

Yovuz Gorgon uning qoʻllarini uzib olganidan soʻng, u vaqtincha jamoaning faol aʼzosi boʻla olmaydi[4]. Biroq, keyinchalik ikkala qoʻli ham protezlarga almashtirildi[5] va u xizmatga qaytadi[6].

Kuchi va qobiliyatlari tahrir

Yo-Yo gʻayritabiiy tezlikda harakatlanishga va keyin harakatning boshlangʻich nuqtasiga qaytishga qodir.

Komikslardan tashqarida tahrir

Televideniye tahrir

Elena Rodriguez „Orqaga qaytib“ seriyasida debyut qilib"Sh.I.T. agentlari" teleserialining uchinchi mavsumida paydo boʻladi, bu yerda uning rolini Natalia Cordova-Buckley ijro etgan. Serialda u Odam boʻlmaganlarning vakili hisoblanadi. U birinchi marta Sh.I.T. bilan ular uni Kolumbiya milliy politsiyasining korrupsioner aʼzolaridan qurol oʻgʻirlagani uchun taʼqib qilishganida uchrashadi. Unda agent MakKenzi bilan munosabat boshlanadi, u unga „Yo-Yo“ laqabini beradi. Keyinroq Elena Deyzi Jonson boshchiligidagi Odam boʻlmaganlar guruhining Yashirin jangchilar jamoasi tarkibiga qoʻshiladi.

Sokovian kelishuvi imzolangandan soʻng, Rodriguez Sh.I.T. nazorati ostida kundalik hayotga qaytadi, lekin vaqti-vaqti bilan serialning toʻrtinchi mavsumida tashkilotga yordam berib turadi[7].

Beshinchi mavsumda Cordova-Buckley asosiy aktyorlar tarkibiga qoʻshiladi. Yo-Yo, boshqa qahramonlar bilan birga, apokalipsisdan keyingi kelajakka koʻchiriladi, keyinchalik u oʻzining qoʻllari amputatsiyalangan kelajakdagi versiyasini uchratadi. 10-qismda hozirgi vaqtga qaytib, Yo-Yo yosh yovuz ayol Ruby Halening aybi bilan haqiqatdan ham qoʻllaridan ayriladi. Keyinchalik Leo Fitz unga robotning qoʻllaridan protez yasaydi. 18-seriyada Ruby Haleni oʻldiradi.

Veb-serial tahrir

Natalia Cordova-Buckley „Sh.I.T. agentlari: Yo-Yo“ shaxsiy veb-seriali — „Sh.I.T. agentlarining“ olti seriyali spin-offida Yo-Yo rolini takrorladi[8].

Manbalar tahrir

  1. Jamie Lovett. „EXCLUSIVE: Marvel's Agents of S.H.I.E.L.D. Casts Natalia Cordova-Buckley As Slingshot“ (en). Comicbook.com (16 февраля 2017). Qaraldi: 2019-yil 27-iyul.
  2. Mighty Avengers № 13
  3. Secret Invasion № 3
  4. Secret Warriors № 3
  5. Secret Warriors № 8
  6. Secret Warriors № 9
  7. „'Marvel's Agents of S.H.I.E.L.D.' Recruits Natalia Cordova-Buckley to the Secret Warriors – News – Marvel.com“. marvel.com.
  8. CS. „Agents of SHIELD: LMD and a Slingshot Digital Series are Coming“. ComingSoon.net (6-dekabr 2016-yil). Qaraldi: 7-dekabr 2016-yil.

Havolalar tahrir