Yodgor
„Yodgor“ — oʻzbek xalq qahramonlik dostoni. Fozil Yoʻldosh oʻgʻlilan folklorshunos Hodi Zarifov yozib olgan (1937). „Yodgor“ „Alpomish“ dostonining davomi boʻlib, nasliy turkumlik tamoyili asosida yaratilgan. Doston Alpomishning mard oʻgʻli Yodgor faoliyatiga bagʻishlangan.
Dostonda Boysin elida Alpomish yoʻqligida oʻzini oʻzi bek koʻtargan Ultontoz zulmidan bezgan bir guruh qoʻngʻirotliklarning Aymoq eliga koʻchib ketishi, u yerda aymoq polvonlari oʻrtasida talashda qolgan Oydinoyni qutqarish uchun Yodgorning olib borgan mardonavor kurashlari, Oydinoy va urugʻdoshlarini yurtiga olib qaytishi tasvirlanadi.
„Yodgor“da „Alpomish“dagi qator mavzularning yangicha talqini orqali mardlik, jasurlik, sevgi-sadoqat, dushmanga nafrat, vatanga muhabbat, totuvlik gʻoyalari tarannum etiladi. „Yodgor“ faqat Oʻzbekistonda mashhur. Qozoqlarda Yodgorning oʻgʻillari (Alpomishning nevaralari) haqida „Olatoy va Japarqul“ dostoni yaratilgan.
Ushbu maqolada Oʻzbekiston milliy ensiklopediyasi (2000-2005) maʼlumotlaridan foydalanilgan. |
Bu andozani aniqrogʻiga almashtirish kerak. |