Yomgʻurchibek Sipohiy
Yomgʻurchibek Sipohiy (15-asr) – xurosonlik forsiynavis shoir, Husayn Boyqaro beklaridan Mir Valibekning oʻgʻli. Nomi “Majolis un-nafois”ning beshinchi majlisida tilga olinadi. Alisher Navoiy uning xushtabʼ shoirlardan ekanligini aytib, quyidagi matlaʼsini keltiradi:
Ba masjideki, ravam dar firoqi dilbari xesh,
Bahona sajda kunam bar zamin niham sari xesh.
(Mazmuni: Dilbarim firoqida masjidga borib, sajda qilish bahonasida boshimni yerga uraman)[1][2].
Manbalar
tahrirBu andozani aniqrogʻiga almashtirish kerak. |