Bosh menuni ochish

Yonar tosh

rus yozuvchisi Arkadiy Gaydar qalamiga mansub hikoya

„Yonar tosh“ (rus. Горячий камень) — rus yozuvchisi Arkadiy Gaydar qalamiga mansub hikoya. Muallifning bolalar uchun yozgan soʻnggi asari. Hikoyani oʻzbek tiliga Q. Ahmadiy tarjima qilgan. Oʻzbekcha nashr 1988-yil Toshkent shahrida „Yosh gvardiya“ nashriyotida chop etilgan.[1]

Yonar tosh
Горячий камень
Muallif Arkadiy Gaydar
Janr hikoya
Til rus
Nashriyot „Yosh gvardiya“
Nashr etilgan 1988
Sahifalar soni 24

SyujetTahrirlash

Ivashka Kudryashkin ismli bola kolxoz bogʻiga olma yegani kiradi. Bogʻning keksa qorovuli Ivashkaga hech nima qilmay, qoʻyib yuboradi. Ivashga qilgan ishidan uyalib, oʻrmonga boradi va u yerda gʻalati qaynoq toshni uchratadi. Toshda uni kimki toqqa koʻtarib chiqib, oʻsha yerda yorsa, unga bolaligi qaytib keladi va oʻz hayotini boshidan boshlaydi, deb yozilgan boʻladi.

Ivashka qorovulga achinib, unga bolaligini qaytib berishga ahd qiladi. Qariya bu taklifga rozi boʻladi, ammo bolakayga toshni oʻzi toqqa koʻtarib chiqishi kerakligini aytadi. Ertasi kuni Ivashka mashaqqat bilan toshni toqqa olib chiqadi. Qariya esa koʻp qiyinchiliklarni koʻrganiga qaramasdan, oʻz hayoti baxtli boʻlganini aytib, hayotini boshidan boshlashni istamasligini aytadi.

Oʻshandan beri koʻp yilar oʻtdi. Tosh esa haliyam turibdi. Odamlar kelib uni koʻrib, yana qaytib ketishadi.

QahramonlarTahrirlash

  • Ivashka Kudryashkin — bosh qahramon
  • Qariya — kolxoz bogʻi qorovuli

Oʻzbekcha tarjimaTahrirlash

Asarni Rus tilidan oʻzbek tiliga Q. Ahmadiy tarjima qilgan. Oʻzbekcha nashr 1988-yil Toshkent shahrida „Yosh gvardiya“ nashriyotida chop etilgan. Kitob rasmlarini L. Sodiqova chizgan.

ManbalarTahrirlash

  1. Yonar tosh. Rossiya davlat kutubxonasi (ruscha). 17.09.2016.

HavolalarTahrirlash