Yoon Eun Hye (koreyscha: 윤은혜; 1984-yil 3-oktyabr) - Janubiy Koreyalik qoʻshiqchi va aktrisa. Eun Hye 1999-yildan 2005-yilgacha Baby Vox qizlar guruhi aʼzosi sifatida debyut qilgan. Undan keyin esa aktrisalik faoliyatini boshlagan. U „Princess Hours“(2006), „The Vineyard Man“(2006), „Coffee Prince“ (2007), „My Fair Lady“(2009), „Lie to Me“(2011), „Missing You“(2012) va „Love Alert“(2018) kabi teleseriallarda rol ijro etgan.

Yoon Eun Hye

Yoon Eun Hye 2018-yilda
Tavalludi 1984-yil 3-oktyabr
Fuqaroligi Koreya Respublikasi
Taʼlimi Chung Ang Universiteti
Kasbi Aktrisa, qo'shiqchi
Faoliyat yillari 2010-yildan-hozirgacha
Veb-sayti Rasmiy sayti

Hayoti va faoliyati tahrir

Yoon Eun Hye 1984-yil 3-oktyabrda Janubiy Koreyaning Seoul shahrida tugʻilgan. U muvaffaqiyatli boʻlganidan keyin ham, shaxsiy hayotini doim sir tutishga harakat qiladi. Eun Hye Baby Vox guruh aʼzosi sifatida 1999-yilda sobiq aʼzo (Lee Gai) oʻrniga 15 yoshida debyut qilgan. Uning guruhda oʻrni sub-vokal boʻlgan[1]. Eun Hye qoʻshilganidan soʻng, guruh 1999-yilda „Come Come Come“ nomli uchinchi albomini chiqardi. Bu albomda „Get Up“ va „Killer“ qoʻshiqlari koreys musiqa chartlarida birinchi oʻrinni egallashi bilan ularning birinchi yirik muvaffaqiyati boʻlgan. Shuningdek 2004-yildan 2005-yilgacha SBSning mashhur X-Man oʻyin shousining tez-tez mehmoni boʻlib, shoudagi „jangchi qiz“ qiyofasi va Kim JongKook bilan muhabbati tufayli mashhurlikka erishgan[2]. Hamkasbi Shim Eun-Jindan keyin u Baby Vox aʼzosi sifatidagi olti yillik faoliyatini 2005-yilning iyul oyida DR Entertainment bilan shartnomasi tugaganidan keyin tugatgan[3].

2006-yilda Eun Hye „Princess Hours“ romantik komediyasida rol ijro etgan. U yerda shahzoda bilan uyushtirilganligi tufayli malikaga aylanadigan oddiy qiz rolini oʻynagan. Keyin u katta ekranda debyut qilgan va bokschi sifatida „The Legend of Seven Cutter“ filmida rol oʻynaydi.2006-yilning iyulida KBS telekanalida namoyish etilgan „Vineyard Man“ filmida bosh rolni ijro etib, televizorga qaytadi[4]. „Vineyard Man“ dastlab past baholarga ega boʻladi lekin uning yurakni isituvchi hikoyasi va aktyorlarning rollari uchun ijobiy baholar oladi va oxir-oqibat tomoshabinlar soni ortadi. Eun Hye 2006-yilgi Grimae mukofotida Koreyadagi har bir teleradio kompaniyada kinomatograflar tomonidan tanlab olingan eng yaxshi ayol roli mukofotini qoʻlga kiritgan[5].

Mukofotlari tahrir

  • 19th Grimae Awards(2006)
  • MBC Drama Awards(2006)
  • Star News Chief Producer’s Choice Acting Awards(2007)
  • KBS Drama Awards(2009)
  • Hallyu 10th Anniversary Grand Prizes[(2016)
  • 18th Huading Awards(2016)

Manbalar tahrir

  1. „ko:윤은혜, 베이비복스 막내에서 브라운관 톱스타로“ (ko). The Daily (2009-yil 16-yanvar). 2013-yil 26-iyulda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2011-yil 23-fevral.
  2. „Yun Eun Hye Talks About Kim Jong Kook on ′Running Man′“. enewsWorld (2013-yil 1-fevral). 2017-yil 20-mayda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2017-yil 8-avgust.
  3. 尹恩惠退出 Baby VOX組合又失一員愛將 (Wayback Machine saytida July 1, 2017, sanasida arxivlangan). China Radio International. (in Chinese). July 8, 2005.
  4. „ko:상승세 '포도밭'엔 '그 사나이'가 있다!“ (ko). JoyNews24. 2013-yil 26-iyulda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2007-yil 9-sentyabr.
  5. „Yoon Eun-hye Goes From Girl Group to Boy Actor“. The Chosun Ilbo (2017-yil 8-avgust). 2014-yil 12-avgustda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2017-yil 8-avgust.