Yoqubjon Isʼhoqov
Yoqubjon Isʼhoqov — (1934-yil 10-sentyabr, Shahrixon shahri) adabiyotshunos, navoiyshunos, Filologiya fanlari nomzodi (1963).
Yoqubjon Isʼhoqov | |
---|---|
Tavalludi |
1934-yil 10-sentyabr Shahrixon shahri |
Yoʻnalish | Adabiyotshunoslik, navoiyshunoslik |
Mukofotlari | Beruniy nomidagi Davlat mukofoti laureati (1992) |
Faoliyati
tahrirFargʻona davlat pedagogika universitetini bitirgan (1956). Shahrixon shahridagi 1-oʻrta maktabda oʻqituvchi (1956—1959), Fargʻona davlat pedagogika universitetida oʻqituvchi (1959—1961), Oʻzbekiston Fanlar akademiyasi Til va adabiyot ilmiy tadqiqot institutida kichik ilmiy xodim (1961), aspirant (1960—1963), katta ilmiy xodim, yetakchi ilmiy xodim (1963—2001).
Asarlari
tahrir„Navoiyning ilk lirikasi“ (1965), „Navoiy lirikasi“ (1883), „Naqshbandiya taʼlimoti va oʻzbek adabiyoti“ (2002), „Soʻz sanʼati soʻzligi“ (2006,2015) kitoblari nashr etilgan. 5 jildli „Oʻzbek adabiyoti tarixi“ning mualliflaridan biri.
Mukofotlari
tahrirBeruniy nomidagi Davlat mukofoti laureati (1992)[1].
Manbalar
tahrir- ↑ XX asr Oʻzbek mumtoz adabiyotshunosligi. Toshkent: «Oʻzbekiston milliy ensiklopediyasi» [2016].
Bu maqola birorta turkumga qoʻshilmagan. Iltimos, maqolaga aloqador turkumlar qoʻshib yordam qiling. (Aprel 2024) |