Yoqubning narvoni (ivritcha: סולם יעקב, Sulam Yaakov) – Yoqubning tushidagi narvon boʻlib, bu narvon Yer bilan Osmonni bogʻlaydi.

Yoqubning tushidagi manzara, rassom Michael Willmann, 1691

Tavrotda

tahrir

U uxlar ekan, tushida tik turgan narvonni ko‘rdi. Narvonning bir uchi yerga, bir uchi osmonga tegib turar, Xudoning farishtalari esa unda chiqib tushayotgan edilar.Xudovandning O‘zi ham narvonning ustida turganicha, shunday gapirdi: «Men – Xudovand, otang Ibrohimning va Isʼhoqning Xudosiman. Sen yotgan yerni Men senga va zurriyotingga beraman. Sening zurriyoting yerning qumidek ko‘p bo‘ladi. G‘arbu sharqqa, shimolu janubga yoyilib borasan. Sendan va zurriyotingdan yer yuzidagi hamma qabilalar baraka topadilar. Mana, Men sen bilan. Qayerga bormagil, Men seni asrayman, seni yana shu yerga qaytaraman. Senga aytganlarimni to bajo keltirmagunimcha, seni tark etmayman». Yoqub uyg‘ongach: «Chindan ham bu yerda Xudovand bor ekan, men esa bilmabman!» – dedi.

— Ibtido 28:10–19[1]

Yoqub uygʻonib, boshi tagiga qoʻygan toshni olib, uni yodgorlik qilib tikladi, uni Xudoga bagʻishlash uchun ustiga moy quydi va bu joyni Xudoning uyi deb eʼlon qildi[2].

Manbalar

tahrir