Yormuhammad Muborakov

Yormuhammad Nurupovich Muborakov (1944.22.4, Olmaota viloyati, Uygʻur tumani - 1999.18.11, Toshkent) — mexanik olim. Oʻzbekiston FA akad. (1994), texnika fanlari doktori (1989), professor (1991). ToshDU ni tugatgan (1970). Oʻzbekiston FA ning Mexanika va inshootlarning seysmik mustahkamligi institutida ilmiy xodim, katta ilmiy xodim, lab. mudiri, direktor oʻrinbosari, direktori (1970—97). Oʻzbekiston FA ning fizikamat, va texnika fanlari kompleksi raisi oʻrinbosari (1998—99). Asosiy ilmiy ishlari yer osti fazoviy inshootlarini seysmik kuchlar taʼsirida deformatsiyalanish-zoʻriqish holatlarini tadqiq qilishning nazariy asoslarini yaratishga oid.

Yormuhammad Muborakov
Tugʻilishi 22-aprel 1944-yil(1944-04-22)
Vafoti 18-noyabr 1999-yil(1999-11-18)
(55 yoshda)
Toshkent

ManbalarTahrirlash

  • Seysmodinamika podzemnix soorujeniy tipa obolochek, T., 1987.