Yorugʻlik aberratsiyasi - yorugʻlikni izchil ravishda toʻlqiniy jarayon deb qarab, yorugʻlik aberratsiyasi hodisasini tekshirganda ham Yer harakatining optik hodisalarga koʻrsatadigan taʼsiri masalasi paydo boʻladi.

Agar Gers faraz qilganidek, harakatlanayotgan Yer efirni toʻliq ergashtirsa, aberratsiya sababini izohlab boʻlmaydi, chunki yorugʻlik toʻlqinlari truba bilan bir vaqtda harakatlanayotgan efir bilan birga koʻchadi, truba tinch turganda yulduzga qaratilgan yoʻnalish truba harakat qilganidagi S yoʻnalish bilan ustma-ust tushadi. Bu aytilgan gap 1-a rasmda yaqqol tasvirlangan, rasm ravshan boʻlishi uchun unda truba oʻrniga vizir moslamasi chizilgan, toʻlqin fronti MN orqali truba ichiga kirib, truba bilan birga harakatlana boshlaydi va trubaning tezligi qanday boʻlishidan qatʼi nazar OA oʻq boʻylab tarqaladi[1].

Agar oʻzi bilan trubani ergashtirib ketadigan Yer harakatlanayotganida efir qoʻzgʻalmaydi, deb faraz qilsak, u holda yorugʻlik toʻlqinlari qoʻzgʻalmas efirda oʻz yoʻlini davom ettirib, jilgan trubadan orqada qoladi.

Yorugʻlik aberratsiyasi va yer harakatlanishida eferning ergashishihaqidagi masala: a) Yer ergashtiruvchi efir, aberratsiya yoʻq: b) Efir harakatsiz;aberratsiya bor

Truba oʻqining yulduzga toʻgʻrilanganicha qolishi uchun uni ogʻdirib turish kerak; bu ogʻish burchagi trubaning v tezligiga va u bilan yulduzga qaratilgan yoʻnalish orasidagi burchakka bogʻliq. Tezlik qadar oʻzgarganida trubaning ogʻmaligi = burchak qadar oʻzgarishi kerak, demak aberratsiya burchagi boʻladi, bundagi AB V OA c-yorugʻliknning truba boʻylab yoʻnalgan tezligi (boʻshliqda yoki havoda) boʻlganda, aberratsiya burchagi juda kichik boʻladi[2]

().

XVII asrning boshlaridayoq Bredlinning aniqlashicha, yil Yorugʻlik davomida kuzatilganda yulduzlar unchalik katta boʻlmagan ellipsni harakterlaydi.

Agar Yer efiriga nisbatan harakatlansa bu hodisani tushuntirish mumkin. Buning uchun teleskopni kuzatiladigan yulduzga toʻgʻri joylashtirmasdan qandaydir burchak ostida joylashtirish lozim.

Vertikalga nisbatan teleskop qarshisida turgan yulduz a burchak ostida koʻrinadi. Biz hilamizki M ning uchun ham kuzatuvchiga yulduz aylanma orbita boʻylab harakatlanayotgandek tuyuladi. Agar yorugʻlik tezligi – Yerning tezligi desak. Yulduzning koʻrinma burchagi

boʻladi. v=30km/s desak, teng boʻladi, bu tajribaga yaqin. Bu tushuntirishdan efimi Yer harakatida (va uning atmosferasida hech qanday ishtirok etmasligi) ochiq koʻrinmaydi.

Manbalar

tahrir
  1. 1.1. B.T.Qo’yliyev Optika. 
  2. 2.G.S.Landsberg. Optika. Toshkent - “O`qituvchi” - 1981.