Yoshlar muammolari oʻrganish va istiqbolli kadrlar tayyorlash instituti
Bu maqolada bir qancha muammolar mavjud. Iltimos, ularni tuzatib yordam qiling yoki shu muammolarni munozara sahifasida muhokama qiling.
|
Yoshlar muammolari oʻrganish va istiqbolli kadrlarni tayyorlash instituti
tahrirInstitut faoliyati
tahrirOʻzbekiston Respublikasi Yoshlar ishlari agentligi huzuridagi Yoshlar muammolarini oʻrganish va istiqbolli kadrlarni tayyorlash Instituti Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2020-yil 30-iyundagi „Oʻzbekiston Respublikasi Yoshlar ishlari agentligi faoliyatini tashkil etish toʻgʻrisida“gi PQ-4768-sonli qarori asosida faoliyatini yuritadi. Institut faoliyati yoshlar muammolarini oʻrganish, mazkur yoʻnalishda ilmiy-tadqiqot va tahliliy izlanishlar olib borish, istiqbolli yosh kadrlarni qayta tayyorlash va malakasini oshirishga yoʻnaltirilgan davlat muassasasi hisoblanadi Institutda davlat va xoʻjalik boshqaruvi organlari, mahalliy davlat ijro hokimiyati organlari, fuqarolarning oʻzini oʻzi boshqarish organlari, jamoat tashkilotlari boshqaruv kadrlarini qayta tayyorlash va malakasini oshirish kurslari tashkil etiladi.
Qayta tayyorlash kurslarida oʻqish kasbiy faoliyatdan ajralgan holda, malaka oshirish kurslarida oʻqish kasbiy faoliyatdan ajralgan yoki ajralmagan holda, shuningdek masofaviy taʼlim texnologiyalaridan foydalanish asosida amalga oshirilishi mumkin.
Oʻquv kurslariga nomzodlarni Oʻzbekiston Respublikasi Yoshlar ishlari agentligi davlat hokimiyati, davlat va xoʻjalik boshqaruvi organlari, mamlakatimizning jamoat tashkilotlari tomonidan tavsiya etilgan nomzodlar orasidan saralab oladi. Nomzodlar yoshi 30 yoshdan oshmagan, oliy maʼlumotli va kamida 2 yillik mehnat stajiga ega boʻlishi kerak.
Ishlab chiqarishdan ajralgan holda tahsil olayotgan Institut tinglovchilarining asosiy ish joyi boʻyicha egallab turgan lavozimi va oʻrtacha ish haqi oʻqish mobaynida saqlab qolinadi.
Institutning asosiy vazifalari
tahrirOʻzbekiston Respublikasi Yoshlar ishlari agentligi huzuridagi Yoshlar muammolarini oʻrganish va istiqbolli kadrlarni tayyorlash institutining asosiy vazifalari quyidagilardan iborat:
– Respublika yoshlari muammolarini oʻrganish, mazkur muammolarni hal qilishga doir ilmiy asoslangan tavsiyalar ishlab chiqish maqsadida axborot-tahliliy materiallar tayyorlash va ilmiy-tadqiqot ishlarini olib borish;
– hududlar kesimida davlat hokimiyati, davlat va xoʻjalik boshqaruvi organlari hamda jamoat tashkilotlarining istiqbolli yosh kadrlar toʻgʻrisidagi maʼlumotlar bazasini shakllantirish, ularning kasbiy rivojlanishi boʻyicha monitoring tizimini yaratish, ushbu kadrlarni professional mahorati va shaxsiy fazilatlarini hisobga olgan holda boshqaruv lavozimlariga tavsiya etish boʻyicha takliflar ishlab chiqish;
– ishlab chiqilgan oʻquv rejalari va dasturlari asosida davlat hokimiyati, davlat va xoʻjalik boshqaruvi organlari hamda jamoat tashkilotlarining istiqbolli yoshkadrlari uchun qayta tayyorlash va malaka oshirish oʻquv kurslarini tashkil etish, yosh boshqaruvchilarning kasbiy rivojlanishi boʻyicha oʻquv-uslubiy qoʻllanmalar tayyorlash;
– yoshlar muammolarini oʻrganish va hal etishning ilgʻor usullarini joriy qilish maqsadida yoshlarga oid davlat siyosatini amalga oshirish sohasida xalqaro hamkorlik va aloqalarni rivojlantirish.
Ilmiy kengash
tahrirKengash Yoshlar muammolarini oʻrganish va istiqbolli kadrlarni tayyorlash Instituti (keyingi oʻrinlarda – Institut) faoliyatiga taalluqli asosiy masalalarni koʻrib chiqish va hal qilish uchun Institut direktori – Kengash raisining rahbarligida doimiy faoliyat yurituvchi boshqaruv organi hisoblanadi. Kengash oʻz faoliyatida Oʻzbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi, Oʻzbekiston Respublikasi qonunlari, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti farmonlari, qarorlari va farmoyishlari, Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi qarorlari va farmoyishlari hamda boshqa normativ-huquqiy hujjatlarga, shuningdek, Oʻzbekiston Yoshlar ishlari agentligi raisi buyruqlari, Institut Ustavi va mazkur Nizomga amal qiladi. Kengash oʻz faoliyatini qonuniylik, oshkoralik, mustaqillik, masalalarni erkin muhokama qilish, kollegiallik va yakkaboshchilikning uygʻunlashuvi, jamoa fikrini hisobga olish tamoyillari asosida amalga oshiradi. Kengash tarkibiga direktor oʻrinbosari, ilmiy kotib, kafedra mudiri, boʻlim boshliqlari, xodimlar, shuningdek, boshqa taʼlim muassasalari va ilmiy tadqiqot institutlarining vakillari ham kiritilishi mumkin. Vakolat muddati – 5 yil.
Kengash tarkibi Institut direktorining buyrugʻi bilan tasdiqlanadi. Har bir kalendar yilining boshida, shuningdek, turli sabablarga koʻra Kengash tarkibidan chiqqanlar oʻrniga, yangi aʼzolar saylanadi yoki Nizom boʻyicha kiritiladi.
Kengashning maqsad va vazifalari
tahrirKengashning maqsadi – institut jamoasi say’-harakatlari, intellektual salohiyati Oʻzbekiston Respublikasining „Taʼlim toʻgʻrisida“gi va „Kadrlar tayyorlash milliy dasturi toʻgʻrisida“gi qonunlarida belgilangan vazifalarga muvofiq istiqbolli yosh kadrlarni qayta tayyorlash va malakasini oshirish, shuningdek ilmiy-tadqiqotlar asosida yoshlar muammolarini oʻrganish, tahlil qilish, ularni bartaraf etish boʻyicha ilmiy asoslangan taklif va amaliy tavsiyalar ishlab chiqish. Kengash: „Kadrlar tayyorlash milliy dasturi“ga muvofiq davlat taʼlim standartlari, oʻquv rejalari va dasturlarining qatʼiy bajarilishini oʻrganib chiqadi hamda ustivor masalalar boʻyicha tavsiya va topshiriqlar belgilaydi;
ilmiy-tadqiqot, maʼnaviy-maʼrifiy ishlar rejalari ijrosi, professor-oʻqituvchilar tarkibining malaka oshirish va qayta tayyorlash masalalarini muhokama qiladi hamda tegishli qarorlarni qabul qiladi;
professor-oʻqituvchi tarkibi lavozimlarini egallash hamda professor yoki dotsent ilmiy unvonlarini berish boʻyicha oʻtkaziladigan taqdimnomalarni muhokama qiladi, professor-oʻqituvchilar tanlovlarini oʻtkazadi va ular yuzasidan tegishli qarorlar qabul qiladi;
professor-oʻqituvchilar tomonidan tayyorlangan oʻquv adabiyotlari, monografiya, ilmiy ishlanmalarni nashrga tavsiya qilish hamda lozim hollarda darslik va oʻquv qoʻllanmalarni nashr grifini olish uchun Oʻzbekiston Respublikasi Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi Muvofiqlashtiruvchi Kengashiga tavsiya etish masalasini muhokama qiladi va tegishli qarorlar qabul qiladi;
tinglovchilarining bitiruv malakaviy ishlari, magistrlik dissertatsiyalari, doktorant va mustaqil tadqiqotchilarning doktorlik dissertatsiyalarining mavzularini muhokama qiladi va tegishli qarorlar qabul qiladi;
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 5 ta tashabbusi doirasida tinglovchilarning ilmiy-ijodiy tashabbuslarini qoʻllab-quvvatlash va ragʻbatlantirish, yangi ish oʻrinlarini yaratish, ishga joylashtirish, boʻsh vaqtlarini mazmunli oʻtkazish choralarini koʻrish, sport sogʻlomlashtirish bazalarini qurish masalalarini oʻrganadi va tegishli qarorlar qabul qiladi;
institutning tashkiliy tuzilmalariga oʻzgartirishlar kiritish, yangi kafedra va boʻlimlar tashkil qilish boʻyicha qarorlar qabul qiladi;
institut tinglovchilari va xodimlarining texnika xavfsizligi va mehnat muhofazasini takomillashtirish boʻyicha tadbirlarni belgilaydi.
Kengashning vakolatlari
tahrirKengash vakolatiga quyidagilar kiradi: oʻquv rejalari va dasturlarini Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Davlat boshqaruvi akademiyasi, Oʻzbekiston Respublikasi Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi hamda Oʻzbekiston Yoshlar ishlari agentligi tavsiyalarini inobatga olgan holda Kengash tomonidan tasdiqlash;
professor-oʻqituvchilar tarkibi uchun oʻquv yuklamalari normativini tasdiqlash (oʻquv soatlari hajmi), shuningdek, pedagogik xodimlar tomonidan ilmiy-metodik, ilmiy-tadqiqot, tashkiliy metodik va maʼnaviy-maʼrifiy ishlarni amalga oshirishni ragʻbatlantirish shakllarini ishlab chiqish;
tinglovchilarning malakaviy amaliyoti va stajirovka oʻtash tartibini tasdiqlash;
oʻquv jarayonining yakuniy natijalari uchun attestatsiya komissiyasi tarkibini tasdiqlash;
bitiruv malakaviy ishlarini tayyorlash va himoya qilishning asosiy talablarni tasdiqlash;
Institut boʻlimlari rahbarlarining hisobotlarini tinglash;
boshqaruv, professor-oʻqituvchilar, ilmiy-tadqiqotchilar, oʻquv-yordamchi, texnik va xizmat koʻrsatuvchi xodimlarni moddiy ragʻbatlantirish tartibi hamda Institut xodimlariga har oylik ustamalarni belgilash mezonlarini tasdiqlash;
qonun hujjatlari va mazkur Ustavga muvofiq boshqa vakolatlarni amalga oshirish.
Kengash kollegial muhokama qilishni talab etadigan, Institut faoliyatiga taalluqli boʻlgan boshqa masalalarni ham koʻrib chiqishi va hal qilishi mumkin. Kengash qarorlari Institut direktori tomonidan tasdiqlanadi va Institutning barcha tarkibiy boʻlinmalari, xodimlari va tinglovchilari tomonidan bajarilishi majburiy boʻlib hisoblanadi. Kengash raisi: Institut Ustaviga muvofiq, Kengashning faoliyatini tashkil etadi, uning majlislarini olib boradi, Kengash aʼzolari oʻrtasida vazifalar va topshiriqlarni taqsimlaydi;
Kengash qarorlari ijrosini taʼminlash boʻyicha choralar koʻradi;
Kengashning navbatdagi va navbatdan tashqari majlislarini oʻtkazish kuni, vaqti va joyini belgilaydi;
Kengashga koʻrib chiqish uchun kiritilgan masalalarning jamoatchilik asosida muhokama qilinishi va ularning hal etilishi uchun zarur shart-sharoitlar yaratadi;
Kengash majlisi uchun kun tartibiga Kengash ish rejasida nazarda tutilgan masalalardan tashqari boshqa zarur boʻlgan masalalarni kiritadi;
Kengash faoliyati boʻyicha va u tomonidan qabul qilingan qarorlar yuzasidan shaxsan javobgar hisoblanadi;
Institut Ustaviga muvofiq, Kengash faoliyatini tashkil etishga doir boshqa masalalarni hal qiladi.
Institut rahbariyati
tahrirDirektor JALILOV Aktam Tashnazarovich
tahrirTelefon: (+998 71) 232-61-45
E-mail: a.jalilov@yomi.uz
Qabul kunlari: Seshanba va Payshanba
Qabul vaqti: 10:00 dan 12:00 gacha
YUNUSOV
Alisher Bobomuradovich
Direktor oʻrinbosari Telefon: (+998 71) 232-60-69
E-mail: a.yunusov@yomi.uz
Qabul kunlari: Chorshanba va Juma
Qabul vaqti: 10:00 dan 12:00 gacha
Kafedralar
tahrir„Boshqaruv koʻnikmalari va yetakchilik mahoratini rivojlantirish“ kafedrasi
tahrir„Boshqaruv koʻnikmalari va yetakchilik mahoratini rivojlantirish“ kafedrasi Institutning tarkibiy tuzilmasi boʻlib,
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2020-yil 30-iyundagi „Oʻzbekiston Respublikasi Yoshlar ishlari agentligi faoliyatini tashkil etish toʻgʻrisida“gi PQ—4768-sonli Qarori bilan tasdiqlangan tarkibiy tuzilmaga muvofiq tashkil etilgan.
Kafedra faoliyati davomida Oʻzbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi va qonunlariga, Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining qarorlariga, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining farmonlari, qarorlari va farmoyishlariga, Vazirlar Mahkamasining qarorlari va farmoyishlariga, Agentlik direktorining buyruqlariga, Institut Ustaviga, Ilmiy kengash qarorlariga, Institut direktorining buyruqlariga va boshqa meʼyoriy-huquqiy hujjatlarga amal qiladi.
Kafedraning asosiy maqsadi tinglovchilarga boshqaruv nazariyasi, uning psixologik asoslari, boshqaruv va rahbarlikning oʻziga xos jihatlari, tashabbuskorlik va shaxsiy yetakchilik fazilatlarini rivojlantirish, shuningdek, ularda tizimli tahlil, strategik rejalashtirish, mantiqiy fikrlash, strategik qarorlarni qabul qilish, inson kapitalini boshqarish, moliyaviy savodxonlik boʻyicha chuqur bilim berish hamda mazkur sohada ilmiy izlanishlar olib borishdan iborat.
Shuningdek, kafedrada institutning umumiy maqsad va vazifalaridan kelib chiqib, bir yoki bir necha turdosh fanlar boʻyicha oʻquv, uslubiy, ilmiy-uslubiy, ilmiy-tadqiqot ishlari amalga oshiriladi, davlat hokimiyati, davlat va xoʻjalik boshqaruvi organlari, jamoat tashkilotlarining istiqbolli yosh kadrlarini tayyorlash kurslariga akademik yordam beriladi hamda tashkiliy, maʼnaviy-maʼrifiy va boshqa tarbiyaviy ishlar olib boriladi.
Kafedraning maqsadidan kelib chiqib quyidagi asosiy vazifalar belgilangan:
yuksak maʼnaviy va axloqiy talablarga javob beruvchi, yuqori malakali va chuqur kasbiy bilimga ega boʻlgan raqobatbardosh boshqaruv kadrlarini tayyorlash; Oʻzbekiston Respublikasi Yoshlar ishlari agentligi tomonidan tavsiya etilgan davlat hokimiyati, davlat va xoʻjalik boshqaruvi organlari, jamoat tashkilotlarining yosh istiqbolli kadrlari uchun oʻquv kurslarini tashkil etish; tinglovchilarning malakaviy amaliyoti, kurs ishlari, bitiruv malakaviy ishlariga rahbarlik qilish, tinglovchilar bilimini baholashning reyting nazoratini joriy etish va mustaqil ishlarni tashkil etish boʻyicha tadbirlar oʻtkazish; boshqaruv, ijtimoiy psixologiya va sotsiologiya yoʻnalishlari boʻyicha ilmiy tadqiqotlarni olib borish; psixologik va sotsiologik testlar asosida har bir tinglovchining ijtimoiy-psixologik qiyofasini yaratish va bitiruvchilarning taxminiy kasbiy traektoriyasini ishlab chiqish.Asosiy vazifalardan kelib chiqqan holda kafedra professor-oʻqituvchilarining funksiyalari quyidagicha belgilanadi:
kafedra fanlari boʻyicha oʻquv dasturlarini ishlab chiqadi va belgilangan tartibda tasdiqlash uchun taqdim etadi, shuningdek, turdosh kafedralar tomonidan tayyorlangan oʻquv dasturlarga taqriz va xulosalar tayyorlash; kafedra yoʻnalishi boʻyicha davlat taʼlim standartlari, oʻquv reja va dasturlarini rivojlangan xorijiy mamlakatlar taʼlim dasturlari bilan qiyosiy tahlilini muntazam ravishda olib boradi va takomillashtirish; darslik, oʻquv, uslubiy qoʻllanmalar tayyorlash; kafedrada oʻqitiladigan fanlar boʻyicha darslik, oʻquv, uslubiy va koʻrgazmali qurollar tayyorlash, qayta nashr etiladigan darslik, oʻquv qoʻllanma va oʻquv-uslubiy adabiyotlar yaratadi, shuningdek, xorijiy olimlar bilan hammualliflilikda ishlab chiqilgan adabiyotlarga taqriz va xulosalar beish; belgilangan tartibda professor-oʻqituvchilarning malakasini oshirishni tashkil etadi hamda ularning Respublika hamda xalqaro ilmiy anjumanlarda maʼruzalar bilan ishtirok etishini taʼminlash; Institut yillik kasbiy oʻsish rejasiga muvofiq kafedra xodimlarining ilmiy-pedagogik, maʼnaviy-maʼrifiy salohiyatini yuksaltirish hamda xorijiy tillarni mukammal egallashiga yoʻnaltirilgan ishlarni tashkil etish; zamonaviy pedagogik va axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini joriy etish, pedagogik faoliyat bilan shugʻullanishni boshlagan yosh oʻqituvchilarga pedagogik malaka va koʻnikmalarni egallashda yordam berish, axborot bazasini yaratish, oʻquv mashgʻulotlarida zamonaviy oʻquv-texnika vositalaridan, yakka tartibda oʻqitish va mustaqil taʼlim olish uslublaridan samarali foydalanishni yoʻlga qoʻyish, oʻqitishning zamonaviy kompyuter texnikalari bilan jihozlangan maxsus oʻquv auditoriyalarida tashkil qilish, masofaviy taʼlim modelini ishlab chiqish va rivojlantirish. „Boshqaruv koʻnikmalari va yetakchilik mahoratini rivojlantirish“ kafedrasida „Yoshlarga oid davlat siyosati“, „Yoshlar oʻrtasida kuzatilayotgan muammolar va ularni bartaraf etish texnologiyasi“, „Yoshlarda tadbirkorlik koʻnikmalarini rivojlantirish“, „Fuqarolik jamiyati asoslari“, „Davlatning iqtisodiy siyosati“, „Moliyaviy savodxonlik“, „Tizimli taxlil“, „Boshqaruv psixologiyasi“, „Boshqaruv sotsiologiyasi“, „Rahbar shaxsi va rahbarlik uslublari“, „Liderlik psixologiyasi“, „Ommaviy muloqot va notiqlik mahorati“, „Zamonaviy boshqaruv asoslari“, „Strategik boshqaruv“, „Inson resurslarini boshqarish“ va „Loyiha boshqaruvi asoslari“ oʻquv kurslaridan mashgʻulotlar olib boriladi.
Kafedra aʼzolari:
F. I. Sh. Rahmonov Zafar Yashinovich
Lavozimi:kafedra mudiri
Ilmiy darajasi va ilmiy unvoni:iqtisodiyot fanlari boʻyicha falsafa doktori (PhD), dotsent
Pedagogik staji: 12 yil
E-mail: akademiya2018@gmail.com
F. I. Sh. Begmatov Abdullajon Sirojiddinovich
Lavozimi: kafedra professori
Ilmiy darajasi va ilmiy unvoni: falsafa fanlari doktori, professor
Pedagogik staji: 46 yil
E-mail: begmatov_abdulla@mail.ru
F. I. Sh. Jalilov Aktam Tashnazarovich
Lavozimi: kafedra professori
Ilmiy darajasi va ilmiy unvoni: siyosiy fanlari doktori, professor
Pedagogik staji: 15 yil
E-mail: a.jalilov@yomi.uz
F. I. Sh. Qodirov Kamoliddin Botirovich
Lavozimi: kafedra professori
Ilmiy darajasi va ilmiy unvoni: psixologiya fanlari doktori (DSc), dotsent
Pedagogik staji: 20 yil
E-mail: kkamol@rambler.ru
F. I. Sh. Norkulova Nargiza Tashpulatovna
Lavozimi: kafedra dotsenti
Ilmiy darajasi va ilmiy unvoni: psixologiya fanlari boʻyicha falsafa doktori (PhD), dotsent
Pedagogik staji: 16 yil
E-mail: nargiza.norkulova@mail.ru
F. I. Sh. Qaxxorov Avaz Jamolovich
Lavozimi: kafedra dotsenti
Ilmiy darajasi va ilmiy unvoni: iqtisodiyot fanlari boʻyicha falsafa doktori (PhD), dotsent
Pedagogik staji: 13 yil
E-mail: avaz_qaxxorov@mail.ru
F. I. Sh. Isabayev Maxsad Baxodirovich
Lavozimi: kafedra dotsenti v.b.
Ilmiy darajasi va ilmiy unvoni: siyosiy fanlari boʻyicha falsafa doktori (PhD)
Pedagogik staji: 9 yil
E-mail: maksfind_22@mail.ru
Boʻlimlar
tahrirYoshlar muammolarini oʻrganish va ijtimoiy tadqiqotlar boʻlimi
tahrirVazifalari:
-yoshlar muammolarini oʻrganish boʻyicha ijtimoiy tadqiqotlar oʻtkazish va ular yakuni boʻyicha axborot-tahliliy hujjatlar tayyorlash;
-yoshlar muammolari bazasini shakllantirib borish;
-yoshlar muammolarini oʻrganish va ularni hal etishda xorijning ilgʻor usullarini joriy qilish boʻyicha takliflar ishlab chiqish;
-boʻlim faoliyatiga tegishli masalalar boʻyicha normativ huquqiy hujjatlar loyihalarini ishlab chiqish;
-yoshlar muammolarini oʻrganish masalasida aloqalarni rivojlantirish boʻyicha takliflar ishlab chiqadi;
-yoshlar muammolarini oʻrganishga oid mavzular boʻyicha mahalliy
va xalqaro ilmiy grantlarida ishtirok etish;
-respublika va xalqaro ilmiy-tadqiqot markazlari bilan ilmiy-amaliy hamkorlik qilish.
-Institutning Yoshlar indeksini monitoring qilish va Yoshlar rivojlanishini strategik tahlil qilish boʻlimlari faoliyatini muvofiqlashtirish.
Funksiyalari:
-yoshlar muammolarini oʻrganish boʻyicha sotsiologik, tahliliy va ilmiy uslublarni qoʻllagan holda ijtimoiy tadqiqotlar amalga oshirish;
-yoshlarning dolzarb muammolariga bagʻishlangan tahliliy materiallar tayyorlash hamda ularning amaliy yechimiga qaratilgan takliflar ishlab chiqish;
-yoshlar muammolarini hal etish sohasida ilgʻor xorijiy tajribani oʻrganish va shu asosda Respublikada yoshlarga oid siyosatni yangi bosqichga olib chiqish boʻyicha takliflar ishlab chikish;
-respublikada va xorijda ruy berayotgan yoshlar siyosatiga oid muhim yangiliklarni kuzatib borish va axborot daydjestlar tayyorlash, Institut rahbariyatini doim xabardor qilish;
-hududlar va tarmoqlar kesimida yoshlar muammolarini oʻrganish, muammolar bazasini shakllantirish va ularni bartaraf etish boʻyicha amaliy takliflar ishlab chiqish;
-boʻlim faoliyatiga tegishli masalalar boʻyicha normativ-huquqiy hujjatlar loyihalarini tayyorlash;
-Institutning tahliliy faoliyati doirasida boshqa vazirlik, idoralar va tashkilotlarning tegishli boʻlimlari bilan aloqalar olib borish;
-Respublika va xalqaro miqyosda yoshlar muammolarini hal qilish masalalariga bagʻishlangan konferensiya, seminar, davra suhbatlari va boshqa tadbirlarda ishtirok etish;
-dolzarb masalalar boʻyicha tadqiqot yoʻnalishlarini aniqlash maqsadida boʻlimlar bilan muhokamalar oʻtkazish hamda davlat va jamoat tashkilotlari bilan hamkorlik qilish;
-hamkorlik uchun xorijiy ilmiy-tadqiqot muassasalarini aniqlash hamda ular bilan tegishli aloqalar oʻrnatish;
-respublika va xalqaro ilmiy grantlarda ishtirok etish boʻyicha tegishli hujjatlarni tayyorlash va ularni Ilmiy boʻlimga taqdim etish;
-Institut tinglovchilari bilan turli mavzularda axborot-tahliliy materiallar tayyorlash orqali ularning analitik qobiliyatlarini aniqlash va rivojlantirish.
Kasbiy rivojlanishni monitoring qilish va oʻqishlarni tashkil etish boʻlimi
tahrirKasbiy rivojlanishni monitoring qilish va oʻqishlarni tashkil etish boʻlimi Institutning tarkibiy tuzilmasi boʻlib, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2020-yil 30-iyundagi „Oʻzbekiston Respublikasi Yoshlar ishlari agentligi faoliyatini tashkil etish toʻgʻrisida“gi PQ-4768-sonli qarori, Oʻzbekiston Respublikasi Yoshlar ishlari agentligining Institut faoliyatiga doir buyruq va farmoyishlari, Institut Ustavi, Ilmiy Kengash qarorlari, Institut direktorining buyruqlari va farmoyishlari, shuningdek, Oʻzbekiston Respublikasining amaldagi qonunlariga muvofiq faoliyat olib boradi.
Kasbiy rivojlanishni monitoring qilish va oʻqishlarni tashkil etish boʻlimining asosiy maqsadi Oʻzbekiston Respublikasi Yoshlar ishlari agentligi bilan kelishgan holda qayta tayyorlash va malaka oshirish kurslarini tashkil qiladi, yaʼni hududlar va tarmoqlar kesimida davlat hokimiyati, davlat va xoʻjalik boshqaruvi organlari, jamoat tashkilotlarining istiqbolli yosh kadrlarini qayta tayyorlash boʻyicha 4 oygacha va 1 oygacha boʻlgan qayta tayyorlash va malakasini oshirish oʻquv kurslarini tashkil etib, Institut bitiruvchilarining kasbiy oʻsishi va professional rivojlanishini monitoring qilish tizimini yaratadi.
Boʻlimning asosiy vazifasi quyidagilardan iborat:
– oʻquv kurslar boʻyicha tashkiliy va tayyorgarlik ishlarini amalga oshirish;
– tinglovchilarning Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Davlat boshqaruvi akademiyasi hamda Institutning ichki tartib va intizom qoidalari bilan tanishtiradi va nazorat qilish;
– tinglovchilarning stajirovka va malakaviy amaliyot oʻtashlarini tartibga solish mexanizmlarini rejalashtirish va amalga oshirish;
– oʻquv jarayonini tashkil qilishni tartibga soluvchi meʼyoriy-xuquqiy va boshqa xujjatlarning loyihalarini ishlab chiqish;
– tinglovchilar oʻrtasida anketa-soʻrovnomalarini tashkil qilish va ularni tahlil qilish;
– Institut bitiruvchilarining kasbiy oʻsishini monitoring qilish;
– Institut bitiruvchilarining onlayn bazasini yaratish;
– Institut kafedralarini oʻquv ishlari boʻyicha yillik ish rejalarini oʻz vaqtida bajarilishini monitoring qilish va boshqalardan iborat.
Yoshlar indeksini monitoring qilish boʻlimi
tahrirVazifalari:
-Yoshlarga oid davlat siyosatini baholash milliy indeksi mezonlarini ishlab chiqadi va uni amalga oshiradi;
-davlat va nodavlat tashkilotlari yoshlarga oid faoliyati boʻyicha statistik maʼlumotlarni toʻplaydi, yuritadi va tahlil qiladi;
-tahlillar natijasida yoshlarga oid davlat siyosatini yangi bosqichga olib chiqishga qaratilgan ishlab chiqilgan takliflarni joylarda davlat va nodavlat tashkilotlari tomonidan amalga oshirilishini monitoring qiladi;
-joylarda mavjud yosh istiqbolli kadrlar rivojlanishini doimiy oʻrganib borish, ular faoliyatiga toʻsiq boʻlayotgan omillarni bartaraf etish boʻyicha takliflar ishlab chiqadi;
-Boʻlim faoliyatiga tegishli masalalar boʻyicha normativ huquqiy hujjatlar loyihalarini ishlab chiqadi;
-yoshlar indeksi yoʻnalishida Institutning xalqaro aloqalarini rivojlantirish boʻyicha takliflar ishlab chiqadi;
-yoshlar indeksi boʻyicha mahalliy va xalqaro ilmiy grantlarida ishtirok etadi.
Funksiyalari:
-Yoshlar indeksini shakllantirish maqsadida mutasaddi idora va tashkilotlardan tegishli statistik koʻrsatkichlarni olish;
-mutasaddi tashkilotlar tomonidan taqdim etilgan statistik koʻrsatkichlarni qayta tekshirish va joylarda holatni chuqur oʻrganish maqsadida tadqiqotlar olib borish;
-joylardagi vazirlik, idora va tashkilotlarning qoʻyi boʻgʻinlarining yoshlarga oid faoliyatini yaqindan oʻrganib, ularga baho berish va ish faoliyatini samaradorligini oshirish boʻyicha amaliy takliflar ishlab chiqish;
-joylardagi yosh istiqbolli kadrlar faoliyatini, ularni rivojlanish tendentsiyalarini yaqindan oʻrganib borish va ular boʻyicha tegishli xulosa va takliflar ishlab chiqish;
-yoshlar muammolarini hal etish sohasida ilgʻor xorijiy tajribani oʻrganib borish;
-respublikada va xorijda roʻy berayotgan yoshlar siyosatiga oid muhim yangiliklarni kuzatib borish;
-boʻlim faoliyatiga tegishli masalalar boʻyicha normativ-huquqiy hujjatlar loyihalarini tayyorlash;
-respublika va xalqaro miqyosda yoshlar muammolarini hal qilish masalalariga bagʻishlangan konferensiya, seminar, davra suhbatlari va boshqa tadbirlarda ishtirok etish.
Yoshlar rivojlanishini strategik tahlil qilish boʻlimi
tahrirVazifalari:
-yoshlar muammolari va loyihalarini strategik tahlil qilish orqali prognozlar ishlab chiqadi;
-yoshlarga oid davlat siyosatini yangi bosqichga olib chiqish boʻyicha kontseptsiya, strategiya va sxemalar ishlab chiqadi;
-Boʻlim faoliyatiga tegishli masalalar boʻyicha normativ huquqiy hujjatlar loyihalarini ishlab chiqadi;
-yoshlar oid davlat siyosatini strategik rejalashtirish yoʻnalishida Institutning xalqaro aloqalarini rivojlantirish boʻyicha takliflar ishlab chiqadi;
-yoshlar oid davlat siyosatini strategik rejalashtirish boʻyicha mahalliy va xalqaro ilmiy grantlarida ishtirok etadi.
Funksiyalari:
-tadqiqotlar va oʻrganishlar davomida aniqlangan yoshlar muammolarini hamda taklif etilayotgan yoshlarga oid loyihalarni chuqur tahlil qilish orqali prognozlarni ishlab chiqish;
-yoshlarga oid kontseptsiya, strategiya, sxemalar va turli tahliliy infografikalar ishlab chiqish va ularni amaliyotga tadbiq etilishini oʻrganib borish;
-yoshlar muammolarini strategik hal etish boʻyicha xorijiy tajribani oʻrganib borish;
-respublikada va xorijda roʻy berayotgan yoshlar siyosatiga oid muhim yangiliklarni kuzatib borish;
-boʻlim faoliyatiga tegishli masalalar boʻyicha normativ-huquqiy hujjatlar loyihalarini tayyorlash;
-respublika va xalqaro miqyosda yoshlar muammolarini hal qilish masalalariga bagʻishlangan konferensiya, seminar, davra suhbatlari va boshqa tadbirlarda ishtirok etish.
Uslubiy taʼminotni muvofiqlashtirish boʻlimi
tahrirUslubiy taʼminotni muvofiqlashtirish boʻlimi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2020-yil 30-iyundagi „Oʻzbekiston Respublikasi Yoshlar ishlari agentligi faoliyatini tashkil etish toʻgʻrisida“gi PQ-4768-sonli qaror bilan tasdiqlangan tarkibiy tuzilmaga asosan tashkil etilgan.
Boʻlim oʻz faoliyatini yuqorida qayd etilgan qaror va ushbu qaror bilan tasdiqlangan Institut Ustavi hamda mazkur Nizom asosida tashkil etadi.
Boʻlim oʻz faoliyatida Oʻzbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi va qonunlariga, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining farmonlari, qarorlari va farmoyishlariga, Oliy Majlisi palatalarining qarorlariga, Vazirlar Mahkamasining qarorlari va farmoyishlariga, Yoshlar ishlari agentligi direktorining Institut faoliyatiga doir buyruq va farmoyishlariga, Institut Ustaviga, Ilmiy kengashining qarorlariga, mazkur Nizomga hamda Institut direktorining buyruq va farmoyishlariga amal qiladi.
Boʻlimning asosiy maqsadi. Institut uslubiy taʼminot ishlarini rejalashtirish, istiqbolli kadrlarni tanlash, tayyorlash, qayta tayyorlash va malakasini oshirishning uslubiy bazasini shakllantirish, oʻquv rejalar, dasturlar, uslubiy qoʻllanmalar hamda multimediya mahsulotlarini ishlab chiqish hamda estudy.dba.uz masofaviy taʼlim portaliga joylashtirish jarayonlarini muvofiqlashtirish, yoshlar muammolari, kadrlar siyosati samaradorligini oshirish, istiqbolli kadrlarni tayyorlash sohasida jahon tajribasini oʻrganish, mahnaviy va mahrifiy tadbirlar oʻtkazish, shu asosda uslubiy taʼminot ishlarni yanada takomillashtirish yuzasidan takliflar ishlab chiqishdan iborat.
Vazifalari:
-Institutda amalga oshiriladigan ilmiy, oʻquv va tahliliy tadqiqotlar hamda oʻquv jarayonini uslubiy jihatdan tahminotini amalga oshiradi;
-kafedra, boʻlimlarda amalga oshirilayotgan ilmiy, oʻquv, tahliliy tadqiqotlarning uslubiy jihatdan Institut maqsad va vazifalariga mosligini nazorat qiladi;
-Institutning asosiy faoliyat yoʻnalishlaridan kelib chiqqan holda yoshlar bilan ishlovchi mutaxassislar va yosh rahbar kadrlarni tanlash, tayyorlash, qayta tayyorlash va malakasini oshirishning uslubiy tahminot bazasini shakllantiradi;
-istiqbolli kadrlarni qayta tayyorlash va malakasini oshirish qisqa muddatli oʻquv kurslari uchun moʻljallangan oʻquv dasturlarini ishlab chiqilishini nazorat qiladi;
-Institut kafedralari bilan hamkorlikda istiqbolli kadrlarni qayta tayyorlash va malakasini oshirish qisqa muddatli oʻquv kurslari uchun moʻljallangan oʻquv uslubiy majmualarni shakllantiradi;
-Institut kafedralari bilan hamkorlikda istiqbolli kadrlarni qayta tayyorlash va malakasini oshirish qisqa muddatli oʻquv kurslari uchun moʻljallangan oʻquv dasturlari, oʻquv uslubiy majmualar, mahruza matnlari, videodarslar hamda keys topshiriqlarini masofaviy tahlim portalida joylashtirishni muvofiqlashtiradi va nazorat qiladi;
-oʻquv dasturlari, oʻquv-metodik, oʻquv qoʻllanmalari va darsliklar yaratish maqsadida doimiy va muddatli ijodiy guruh, ilmiy-amaliy jamoalar tashkil etadi hamda ular faoliyatini muvofiqlashtirib boradi;
-Institut tinglovchilarining bitiruv malakaviy ishlarini tayyorlash va himoya qilishning asosiy talablarini ishlab chiqadi;
-ilmiy boʻlim bilan birgalikda oʻquv jarayonining uslubiy bazasini shakllantirish va zamonaviy pedagogik texnologiyalar, test materiallarini yangilash, modernizatsiya qilish va joriy etish, bosma mahsulotlarni manfaatdor hududiy oʻquv markazlariga tarqatishni muvofiqlashtiradi;
-Institut oʻquv jarayonlari samaradorligini oshirish maqsadida yangi, interfaol pedagogik texnologiyalar, axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini joriy qilish, masofaviy tahlim portalida joylashtirilgan mahlumotlarni yangilab borish ishlarini muvofiqlashtirib boradi;
-oʻquv jarayonida qoʻllaniladigan badiiy va hujjatli filgʻmlar hamda boshqa mulgʻtimedia mahsulotlarining bazasini shakllantiradi;
-uslubiy tahminot faoliyati boʻyicha hisobotni yuritadi.
Ilmiy va xalqaro aloqalar boʻlimi
tahrirBoʻlim Institutning tarkibiy tuzilmasi boʻlib, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2020-yil 30-iyundagi "Oʻzbekiston Respublikasi yoshlar ishlari agentligi faoliyatini tashkil etish toʻgʻrisidaʼ’gi PQ-4768-sonli qarorining 5-ilovasi asosida tashkil etilgan. Ushbu boʻlim Institut Nizomi, Ilmiy kengash qarorlari, Institut direktori buyruqlari, shuningdek, Oʻzbekiston Respublikasining amaldagi qonunlari asosan faoliyat olib boradi.
Boʻlimning asosiy maqsadi Institut ilmiy-tadqiqot ishlarini rejalashtirish, olib borilayotgan ilmiy ishlarning texnik taʼminotini amalga oshirish va muvofiqlashtirish, bajarilayotgan fundamental, amaliy va innovatsion grant loyihalarini ishlab chiqish va yuritilishini muvofiqlashtirish, yuqori malakali ilmiy xodimlarni tayyorlash, yoshlar muammolari, kadrlar siyosati samaradorligini oshirish, istiqbolli kadrlarni tayyorlash sohasida jahon tajribasini oʻrganish, tadbirlar oʻtkazish, xalqaro aloqalarni oʻrnatish hamda olib borish, shu asosda ilmiy ishlarni yanada takomillashtirish yuzasidan takliflar ishlab chiqishdan iborat. Boʻlim ilmiy-tadqiqot ishlari va grant loyihalari, doktorantlar va mustaqil izlanuvchilarning ilmiy faoliyati hamda xalqaro aloqalar bilan bogʻliq faoliyatlarini Institutning umumiy faoliyati va ish rejalariga uygʻun tarzda, istiqbol va yillik ish rejalariga muvofiq olib boradi.
Boʻlimning asosiy vazifasi boʻlim maqsadidan kelib chiqqan holda belgilanadi va quyidagilardan iborat:
– Institutning yillik ilmiy faoliyatini belgilaydi va ilmiy ishlarni muvofiqlashtiradi;
– Institutning ilmiy muammolari doirasini belgilaydi;
– yoshlar muammolari asosida ilmiy tadqiqotlarning mavzular bazasini shakllantiradi;
– Institutga ilmiy izlanuvchilarni qabul qilish va ularning ilmiy faoliyatini amalga oshirishga koʻmaklashadi;
– Institut faoliyatiga doir boʻlgan mavzularda davlat ilmiy grantlarida ishtirok etadi;
– ilmiy jurnallar va nashriyotlar bilan hamkorlik qiladi hamda ilmiy nashrlarni amalga oshiradi;
– Yoshlar masalalari va ilmiy faoliyat boʻyicha xalqaro hamkorlikni amalga oshiradi va hamkorlikning yangi yoʻnalishlari boʻyicha takliflar ishlab chiqadi;
– ilmiy faoliyat boʻyicha hisobotni yuritadi.
Taʼlim dasturlari
tahrirIstiqbolli kadrlarni qayta tayyorlash – mamlakatda demokratik islohotlarni chuqurlashtirish va iqtisodiyotni modernizatsiya qilish, davlat va jamiyat boshqaruvi sohasida xalqaro standartlar va talablarni hisobga olgan holda ishlab chiqilgan taʼlim dasturlari asosida yoshlar muammolarini oʻrganish va istiqbolli kadrlarni tayyorlash boʻyicha yangi zaruriy hamda yetarli bilim, koʻnikma va malakalarni oʻzlashtirish, yangi kasbiy faoliyatga yoʻnaltirishdan iborat.
Qayta tayyorlash kurslariga tinglovchilarni qabul qilishda test va suhbat asosida Oʻzbekiston yoshlar ittifoqi, davlat boshqaruv organlari, Respublika jamoat tashkilotlari takliflari inobatga olgan holda yoshi 30 dan oshmagan, oliy maʼlumotga ega boʻlgan va kamida 2 yillik ish staji mavjud boʻlgan istiqbolli kadrlar tanlab olinadi.
Qayta tayyorlash muddati ishlab chiqarishdan ajralgan holda 16 hafta (tajriba orttirishni hisobga olgan holda, jami 576 soatdan kam boʻlmagan hajm)ni tashkil etadi. Auditoriya mashgʻulotlari haftasiga 36 soatdan, oʻquv yuklamasining eng yuqori hajmi haftasiga 54 soatdan koʻp boʻlmagan miqdorda belgilanadi.
Qayta tayyorlash kursini oʻzlashtirgan va yakuniy attestatsiyadan muvaffaqiyatli oʻtgan tinglovchilarga belgilangan tartibda davlat namunasidagi diplom beriladi.
Qayta tayyorlash kursi tinglovchilarining amaliyot oʻtash tartibi Institut tomonidan Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Davlat boshqaruvi akademiyasi va Oʻzbekiston Respublikasi Yoshlar ishlari agentligi bilan kelishgan holda belgilanadi va tasdiqlanadigan dasturlar asosida tinglovchilarning xorijiy davlatlar taʼlim muassasalarida va davlat organlarida amaliyot oʻtash tashkil etiladi.
Kirish imtixonlari 2 bosqichdan iborat.
I bosqich: Test sinovlari (Davlat test markazi tomonidan oʻtkaziladi).
II bosqich: Suhbat.
Adabiyotlar
tahrirWWW.YOMI.UZ