2016-yilgi Yozgi Olimpiada oʻyinlari

Yozgi Olimpiada oʻyinlari 2016 — XXXI Yozgi olimpiada oʻyinlari. Xalqaro olimpiada qoʻmitasining Kopengagen shahrida 2009-yil 2-oktabrda oʻtkazilgan 121-sessiyasida eʼlon qilingan.

Toʻrt yillikning eng nufuzli musobaqasi 2016-yilning 5—21-avgust kunlari 206 davlatdan kelgan 10 500 sportchini qabul qiladi. Musobaqalar 28 sport turida boʻlib oʻtadi. Musobaqalar shaharning 4 ta hududida — Barra, Marakana, Kopakabana, Deadoralarda — boʻlib oʻtadi.

Ovoz berish tahrir

Nomzodlar: Madrid (   Ispaniya), Chikago ( AQSH), Tokio ( Yaponiya), Rio-de-Janeyro ( Braziliya)

Shahar Davlat 1-raund 2-raund 3-raund
Rio-de-Janeyro Braziliya 26 46 66
Madrid Ispaniya 28 29 32
Tokio Yaponiya 22 20
Chikago AQSH 18

Olimpiada mashʼalasi tahrir

Olimpiada mashʼalasi Braziliyaning 26 shtati 300 ta shaharidan olib oʻtiladi. Mashʼala oʻz yurishini 2016-yilning 3-mayida Gretsiyaning Afina shahridan boshlab, 5-avgust kuni Rio-de-Janeyrodagi Olimpiada oʻyinlari ochilish marosimiga yetkaziladi.

Ochilish marosimi tahrir

Ochilish marosimi 5-avgust 2016-yilda mashhur „Marakana“ stadionida boʻlib oʻtdi.