Yu Feng (xitoycha 郁风, pinyin yùfēng; 1916-yil 25-iyul — 2007-yil 15-aprel)—xitoylik rassom, karikaturachi va dizayner. Uning turmush oʻrtogʻi Huan Myaozi karikaturachi rassom[1], amakisi Yu Dafu esa oʻz zamonasining mashhur yozuvchisi boʻlgan.[2]

Hayoti va faoliyati

tahrir

Yu Feng 1916-yil 25-iyulda Pekinda sudya Yu Liang oilasida tugʻilgan.

U Pekindagi Markaziy tasviriy sanʼat akademiyasini tamomlagan.[3] Keyinchalik rassom Pan Yuliang qoʻl ostida tahsil oldi.

Karikaturachi sifatidagi ilk ishiga Obri Berdslining taʼsiri yuqori boʻlgan. Shanxay Manxua rassomi Huang Miaozzi bilan birga oltmish yildan ortiq turmush kechirgan. 1930-yillar davomida u ingliz tilidagi Zhongguo Zhisheng („Xitoy ovozi“) va Jiuwang Ribao („Milliy najot kuni“) kabi jurnallar uchun multfilmlar yaratishga faol hissa qoʻshgan. Urush yillarida „Milliy najot bir juft kishanlarni sindirsin“ multfilmi bo‘lib, unda zulm zanjirini parchalayotgan ayol obrazi orqali millatchilik qoralangan, gender tengligi masalasi koʻtarilgan.[4]

1955-yilda Yu Feng „Xin Guancha“(„Yangi kuzatuvchi“) jurnali muharriri oʻrinbosari etib tainlandi. Publitsistik maqolalarida iqtisodiy tejamkorlik, anʼanaviy xalq liboslari va milliy oʻziga xoslik kabi masalalar koʻrsatilgan „Kiyim islohoti“ milliy kampaniyasiga mas’ul etib tayinlandi.[5]

1940-yillar boshida Yu Feng va Huan Miaozi bilan Shanxay va Chongqingdagi rassomlar, yozuvchilar va boshqa madaniyat xodimlaridan tashkil topgan „Layabouts Lodge“ (Erliu Tang yàng yàn) toʻgaragiga rahbarlik qilgan. 1966-1976-yillardagi Madaniy inqilob davrida Layabouts toʻgaragi aʼzolari qatori er-xotin Miaozilar ham yetti yilga ozodlikdan mahrum qilingan.[2][1] Biroq Yu Feng shunday ogʻir sharoitda ham ijoddan toʻxtamaydi, xojatxona qogʻozi, sovun va konfet oʻramlaridan rasmlar yaratgan. Madaniy inqilobdan keyin esa yanada qizgʻin faoliyat yuritib, Xitoyning taniqli sanʼat arbobiga aylangan.

1989-yilda Tyananmen maydonidagi qirg‘indan so‘ng Yu Feng va Huan Miaozi Brisbenga ko‘chib ketib, Avstraliya fuqaroligini olgan. Biroq koʻp oʻtmay Xitoyga qaytib kelishgan.[6]

Yu Feng 2007-yilda vafot etdi. 2011-yilda Yu Fengning multfilm, sanʼat va moda materiallaridan iborat „Tanlangan asarlar toʻplami“[7] chop etilgan.[8]

Manbalar

tahrir
  1. 1,0 1,1 Jaivin. „Huang Miaozi and Yu Feng“. China Heritage Quarterly. Qaraldi: 2019-yil 12-noyabr.
  2. 2,0 2,1 Lent, John A. „Women's Manga in Asia and Beyond“, . Chinese Women Cartoonists: A Brief, Generational Perspective Ogi: . Springer, 2019 — 229–251-bet. DOI:10.1007/978-3-319-97229-9_15. ISBN 9783319972282. 
  3. Finnane, Antonia.. Changing clothes in China : fashion, history, nation. New York: Columbia University Press, 2008 — 133-bet. ISBN 9780231143509. OCLC 84903948. 
  4. Hung, Chang-tai, 1949–. War and popular culture : resistance in modern China, 1937–1945, [Taiwan ed.], Taipei: MC Publishing, 1996. ISBN 9576383862. OCLC 268787792. 
  5. Finnane, Antonia.. Changing clothes in China : fashion, history, nation. New York: Columbia University Press, 2008 — 208–226-bet. ISBN 9780231143509. OCLC 84903948. 
  6. Barmé. „The People's Republic of Wine“. China Heritage Quarterly (2011-yil mart). Qaraldi: 2019-yil 12-noyabr.
  7. Yu feng san wen jing xuan, Yu feng, 1916–2007.4), Yang yan., 郁风, 1916–2007.4), 杨艳., Bei jing: Ren min wen xue chu ban she, 2011. ISBN 9787020083190. OCLC 862798076. 
  8. Bevan, Paul, Ph. D.. A modern miscellany : Shanghai cartoon artists, Shao Xunmei's circle and the travels of Jack Chen, 1926–1938, Boston, November 6, 2015. ISBN 9789004307940. OCLC 929855787.